OAV xodimlari diqqatiga

Pandemiya tufayli orada yuzaga kelgan tanaffusdan keyin Coca Cola Superligasi bahslari 14 avgust kuni qayta boshlanishi haqida avvalroq xabar berilgan edi.

Sanitariya talablari va ayni kunlarda davom etayotgan karantin cheklovlari, shuningdek o‘yinlarning markazlashgan tizimda o‘tkazilishini inobatga olib, o‘yinlarga kiritiladigan OAV ro‘yxati ham O‘zPFL tomonidan markazlashgan holda shakllantiriladi.

Shuni qo‘shimcha qilish lozim, o‘yinlarning markazlashgan holda o‘tkazilishi bois, mezbon klublar media xizmatlarining ishi qiyinlashadi. Shu bois, o‘yinlarga kirishni istagan OAV xodimlari bilan ishlash, uchrashuvlar paytida media jarayonlarni tashkil etish ishlari O‘zPFL matbuot xizmati hamda klublar matbuot xizmatlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.

Shularni inobatga olib, uchrashuvlarga tashrif buyurishni istagan OAV vakillari O‘zPFL rasmiy elektron manziliga (uzpflmedia@gmail.com) 14 avgust soat 12:00ga qadar xabar berishlari so‘raladi.

Ushbu muddat ichida xabaronoma bermagan OAV vakillari markazlashtirilgan tizimda o‘tayotgan o‘yinlarga tashrif buyura olmaydilar.

mib
cola
apex
bmb