O‘zPFL Komissiyasi Ig G testlarini o‘tkazishda davom etmoqda

Xabaringiz bor, O‘zPFL Komissiyasi Coca Cola Superliganing Toshkentda o‘tadigan markazlashtirilgan turlariga jalb etilgan personallarni ro‘yxat bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazmoqda.

Komissiya a’zolari dam olish kunlarida “Buxoro” va “Bunyodkor” jamoalarining 25 nafardan futbolchisini Ig G testidan o‘tkazgan edi. Kecha va bugun “Buxoro” yoshlar tarkibining 17 nafar a’zosi ham mazkur testni topshirdi. Unga ko‘ra, buxoroliklarning yana 9 nafari virusni allaqachon o‘z tanasidan o‘tkazib bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Shu tariqa “Buxoro” safida allaqachon antitanachalar shakllangan futbolchilar soni – 20 nafarni tashkil etmoqda.

Komissiya Ig G testi natijasi musbat chiqqan futbolchilarning barchasini funktsional holatini aniqlash maqsadida tekshiruvdan o‘tkazib bormoqda. Ayni vaqtda bunday o‘yinchilarda futbol uchrashuvlarini davom ettirish bilan bog‘liq muammolar uchraganicha yo‘q.

Bugun, shuningdek, AGMK, “Qo‘qon-1912” hamda “Nasaf” klublari vakillari Ig G testidan o‘tkazilmoqda. Hozirga qadar AGMK yoshlar tarkibining 25 nafari test topshirib bo‘ldi. Ularning 10 nafarida natijalar musbat chiqdi. Endilikda ular funktsional holatini aniqlash bo‘yicha ko‘rikdan ham o‘tishadi.

mib
cola
apex
bmb