“So‘g‘diyona-W” yangi bosh murabbiy va kot d'ivuarlik legioner bilan shartnoma imzoladi

Bilasiz, ayni paytda pandemiya sababli ayollar jamoalari o‘rtasidagi mamlakat chempionatida qisqa tanaffus yuzaga kelgan.

Bu orada jamoalar o‘z safini kuchaytirish ishlarini ham boshlab yuborishdi. Jumladan, Jizzaxning “So‘g‘diyona-W” klubida yangi bosh murabbiy ish boshladi. Ilgari 2018-2019-yillarda mazkur klubga ustozlik qilgan Sherali Boboqulov yana jizzaxlik futbolchi qizlarni shug‘ullantiradigan bo‘ldi. Klub 1 yil davomida murabbiylik faoliyatida tanaffus qilgan Sherali Boboqulov bilan shartnoma imzoladi.

Qolaversa, jizzaxliklar safiga yangi legioner futbolchi kelib qo‘shildi. Kot d'ivuarlik 27 yoshli yarim himoyachi Periale Rosacherne Epse Doh “So‘g‘diyona-W” sharafini himoya qiladigan bo‘ldi. Ayollar jamoalari o‘rtasidagi milliy chempionatimizda xorijlik futbolchilar kam ekanini inobatga olsak, mazkur futbolchining o‘yini muxlislarda qiziqish uyg‘otsa ajab emas.

mib
cola
apex
bmb