Chempionat bahslari yana davom etadi: Kim qanday fikrda?

Pandemiya sababli yuzaga kelgan tanaffusdan so‘ng chempionat bahslari 14 avgust kuni klublar bilan kelishuvga muvofiq markazlashtirilgan tizimda davom ettirilishi haqida xabar berilgan edi.

Hozirda klublar ushbu uchrashuvlarga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda va chempionat uchrashuvlari rejaga ko‘ra 14 avgust kuni “Buxoro” hamda “Bunyodkor” klublari o‘rtasidagi 9-turning qoldirilgan uchrashuvi bilan start oladi.

Ushbu bahslardan oldin, Superliga klublari bosh murabbiylari chempionat o‘yinlarining markazlashtirilgan holatda o‘tishi haqida o‘z fikrlarini bildirishdi. Quyida klublar bosh murabbiylarining uchrashuvlar oldidan fikrlari bilan tanishish mumkin.

Andrey Kanchelskis, “Navbahor” bosh murabbiyi: “Uchrashuvlarning markazlashgan holda, Toshkentda o‘tkazilishiga kelsak, bu Superliga klublari vakillari bilan kelishilgan holda, amalga oshirildi va bunga hech qanday e’tirozim yo‘q. Har qanday holatdayam, chempionat o‘yinlarini yakunlab qo‘yish lozim”.

Hamidjon Aktamov, “Qizilqum” bosh menejeri: “Hozirgi sharoitda Chempionat o‘yinlarini markazlashgan o‘tkazish - O‘FA va PFL qabul qilgan to‘g‘ri qaror deb o‘ylayman. Buyog‘iga Chempionatni tuxtatmaslik kerak. Bari bir xalk tv orkali kuradi xozir o‘yinlarni. Shu bois markazlashgan holda o‘yinlarni o‘tkazish to‘g‘ri yo‘l”.

Ro‘ziqul Berdiev, “Nasaf” bosh murabbiyi: “Hozirgi vaziyatni hisobga olgan holda jamoalar shunday qarorga kelishdi. Bu barchaga ma’qul bo‘ldi”.

Baxtiyor Ashurmatov, “Qo‘qon-1912” bosh murabbiyi: "Chempionatning markazlashgan holda, Toshkentda o‘tkazilishi xozirgi vaziyatda qabul qilingan eng to‘g‘ri qaror deb xisoblayman.Chempionat o‘yinlari davom ettirilishi xam O‘zbekiston terma jamoasi uchun,Timur Kopadze boshchiligidagi eshlar terma jamoamiz uchun xam juda muhim edi.Shu sababli to‘g‘ri qaror qabul qilindi".

Ravshan Haydarov, “Surxon” bosh murabbiyi: “Xozirgi sharoitda ishlarni boskichma-boskich rejalashtirish kerak. Birinchi davrani yakunlab olish uchun, markazlashtirilgan tizim yaxshi variant. Undan keyin kandaydir xulosalar kilish mumkin bo‘ladi”.

Andrey Shipilov, “Metallurg” bosh murabbiyi: “Chempionatning markazlashtirilgan tizimda davom ettirilishi ayni paytda eng to‘g‘ri va yagona echim deb hisoblayman. Hozir birinchi navbatda birinchi davrani yakunlab olishimiz zarur. Ikkinchi davrani vaziyatdan kelib chiqib, bosqichma bosqich rejalashtirib borish mumkin”.

Mirjalol Qosimov, AGMK bosh murabbiyi: “Hozirgi sharoitda yuzaga kelgan fors-major holati o‘yinlarni markazlashtirilgan holatda o‘tkazishni taqozo qiladi. Bu aynan qaysidir jamoaga ustunlik taqdim etmaydi. Aksincha, hamma bir xil sharoitda. Markazlashtirilgan formatdagi o‘yinlarda barcha jamoalar neytral maqomida. Aslida o‘yinlarni avvalroq markazlashtirilgan holatda o‘tkazish kerak edi. Shunda taqvimda ham ortiqcha qiyinchiliklar paydo bo‘lmasdi. Terma jamoamiz va Osiyo chempionatiga taraddud ko‘rayotgan O‘zbekiston yoshlar jamoasiga manfaati uchun ham yaxshi taraflama xizmat qilardi. Hechdan ko‘ra kech. Ayni damdagi vaziyatdan kelib chiqilsa, markazlashtirilgan variant har taraflama eng ma’qul echim”.

mib
cola
apex
bmb