O‘zPFL qoshida COVID-19 davri uchun shifokorlardan iborat Komissiya tuzildi

O‘zbekiston Professional futbol ligasi pandemiya sharoitida futbol uchrashuvlarini barcha sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda o‘tkazilishi bo‘yicha jiddiy ish olib bormoqda. Bunda eng muhim omil —futbolchi hamda murabbiylar sog‘ligi masalasidir.

Shu bois O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan COVID-19 pandemiyasi davrida futbol klublaridagi futbolchilar, murabbiylar va boshqa mutaxassislar orasida epidemiologik vaziyatni va ularning sog‘lig‘i holatini nazorat qilish bo‘yicha malakali shifokorlarni jalb qilgan holda Komissiya tashkil etildi.

 

Komissiya a’zolari:

1. Alisher Aripov  – Sport shifokori

2. Bobir Abdazov  – Sport shifokori

3.  Nasiba Alimova – Shifokor-kardiolog

4.  Ra’no Qosimova – Shifokor-infektsionist

 

Komissiyaning asosiy vazifalari etib, futbol klublari shifokorlari bilan muntazam onlayn aloqada bo‘lgan holda ish olib borish, koronavirusga test topshirish jarayonini muvofiqlashtirish, jamoalar orasida koronavirus infektsiyasi bilan kasallanganlarni aniqlash, kasallik aniqlangan holatlarda kerakli tavsiyalarni berish hamda futbolchilarning sog‘lig‘i holati qayd etib boriladigan elektron bazasini ishlab chiqish belgilandi.

Komissiya a’zolari bilan futbol klublari o‘rtasida o‘rnatilgan aloqalarning mustahkamligi COVID-19 pandemiyasi davrida chempionat musobaqalarini samarali tashkil etilishiga xizmat qilishi mumkin.

mib
cola
apex
bmb