16-tur
22.09.2020 (SE, 19:00)
Qizilqum
-
Mash’al
-
16-tur
22.09.2020 (SE, 18:00)
Bunyodkor
-
AGMK
-
16-tur
21.09.2020 (DU, 18:00)
Nasaf
-
Surxon
-
16-tur
21.09.2020 (DU, 17:00)
So‘g‘diyona
-
Qo‘qon-1912
-
16-tur
20.09.2020 (YSH, 19:00)
Navbahor
0
Andijon
0
16-tur
20.09.2020 (YSH, 17:00)
Buxoro
1
Lokomotiv
3
15-tur
17.09.2020 (PSH, 19:00)
AGMK
1
So‘g‘diyona
1
15-tur
17.09.2020 (PSH, 17:00)
Surxon
0
Qizilqum
0
15-tur
16.09.2020 (CH, 17:30)
Mash’al
1
Bunyodkor
2
15-tur
16.09.2020 (CH, 17:00)
Qo‘qon-1912
0
Metallurg
2
15-tur
15.09.2020 (SE, 18:30)
Lokomotiv
1
Navbahor
0
15-tur
15.09.2020 (SE, 16:30)
Andijon
0
Nasaf
1
14-tur
12.09.2020 (SHN, 19:00)
Bunyodkor
2
Surxon
1
14-tur
12.09.2020 (SHN, 19:00)
Metallurg
1
AGMK
0
14-tur
11.09.2020 (JU, 18:00)
Buxoro
2
Qo‘qon-1912
2
14-tur
11.09.2020 (JU, 17:00)
So‘g‘diyona
0
Mash’al
1
14-tur
10.09.2020 (PSH, 20:00)
Nasaf
4
Qizilqum
0
14-tur
10.09.2020 (PSH, 16:45)
Andijon
0
Lokomotiv
1
16-tur
08.09.2020 (SE, 19:00)
Metallurg
0
Paxtakor
3
15-tur
05.09.2020 (SHN, 18:00)
Buxoro
0
Paxtakor
4
Saralash. Ikkinchi bosqich
31.07.2020 (JU, 18:00)
Sho‘rtan
2
Neftchi
1
Saralash. Ikkinchi bosqich
31.07.2020 (JU, 18:00)
Dinamo
3
Oqtepa
4
Saralash. Birinchi bosqich
23.06.2020 (SE, 17:30)
Oqtepa
2
Zomin
0
Saralash. Birinchi bosqich
23.06.2020 (SE, 17:30)
Neftchi
3
Xorazm
2
Saralash. Birinchi bosqich
23.06.2020 (SE, 17:30)
Turon
1
Sho‘rtan
1
Saralash. Birinchi bosqich
23.06.2020 (SE, 17:30)
Istiqlol
0
Dinamo
3
7-tur
21.09.2020 (DU, 16:15)
Turon
-
Neftchi
-
7-tur
20.09.2020 (YSH, 16:15)
Istiqlol
1
Oqtepa
2
7-tur
19.09.2020 (SHN, 16:15)
Zomin
2
Xorazm
2
7-tur
18.09.2020 (JU, 17:00)
Sho‘rtan
2
Dinamo
2
6-tur
15.09.2020 (SE, 17:00)
Xorazm
0
Istiqlol
1
6-tur
15.09.2020 (SE, 16:15)
Neftchi
3
Zomin
2
6-tur
14.09.2020 (DU, 17:00)
Dinamo
1
Turon
0
6-tur
13.09.2020 (YSH, 16:00)
Oqtepa
0
Sho‘rtan
1
5-tur
09.09.2020 (CH, 16:30)
Istiqlol
0
Neftchi
1
5-tur
07.09.2020 (DU, 17:00)
Oqtepa
1
Dinamo
1
5-tur
07.09.2020 (DU, 16:15)
Zomin
1
Turon
2
5-tur
06.09.2020 (YSH, 17:15)
Sho‘rtan
4
Xorazm
1
4-tur
03.09.2020 (PSH, 17:00)
Dinamo
3
Zomin
0
4-tur
03.09.2020 (PSH, 16:45)
Turon
2
Istiqlol
1
4-tur
02.09.2020 (CH, 17:15)
Sho‘rtan
2
Neftchi
1
4-tur
02.09.2020 (CH, 17:00)
Oqtepa
3
Xorazm
1
3-tur
30.08.2020 (YSH, 17:00)
Dinamo
3
Xorazm
1
3-tur
15.07.2020 (CH, 18:00)
Sho‘rtan
3
Turon
2
3-tur
15.07.2020 (CH, 18:00)
Oqtepa
1
Neftchi
1
3-tur
15.07.2020 (CH, 17:30)
Istiqlol
3
Zomin
0
3-tur
20.09.2020 (YSH, 16:30)
Yangier
1
G‘ijduvon
0
3-tur
20.09.2020 (YSH, 16:30)
Chig‘atoy
2
Zirabuloq
0
3-tur
20.09.2020 (YSH, 16:30)
Paxtakor-79
0
Rubin
1
3-tur
20.09.2020 (YSH, 16:30)
Paxtakor-Фарм
4
Lokomotiv-BFK
1
3-tur
20.09.2020 (YSH, 16:00)
Andijon II
4
Yashnobod
1
3-tur
20.09.2020 (YSH, 16:00)
Aral Samali
1
Jizzax-Bars
1
2-tur
15.09.2020 (SE, 17:00)
Jizzax-Bars
4
Chig‘atoy
2
2-tur
15.09.2020 (SE, 16:30)
G‘ijduvon
3
Aral Samali
1
2-tur
15.09.2020 (SE, 16:30)
Rubin
2
Paxtakor-Фарм
0
2-tur
15.09.2020 (SE, 16:30)
Yashnobod
1
Navbahor Farm
0
2-tur
15.09.2020 (SE, 16:00)
Lokomotiv-BFK
5
Andijon II
1
2-tur
15.09.2020 (SE, 16:00)
Zirabuloq
3
Bunyodkor-Farm
2
1-tur
11.09.2020 (JU, 16:30)
Yangier
3
Aral Samali
0
1-tur
11.09.2020 (JU, 16:30)
Andijon II
2
Rubin
2
1-tur
10.09.2020 (PSH, 18:00)
Navbahor Farm
4
Lokomotiv-BFK
2
1-tur
10.09.2020 (PSH, 17:30)
Chig‘atoy
2
G‘ijduvon
5
1-tur
10.09.2020 (PSH, 17:00)
Bunyodkor-Farm
3
Jizzax-Bars
1
1-tur
10.09.2020 (PSH, 16:30)
Paxtakor-Фарм
3
Paxtakor-79
0

Coca Cola Superliga 3 avgustdan davom ettiriladi

4-tur uchrashuvlaridan boshlab qayta tiklangan Coca Cola Superliganing yana 6 tur uchrashuvlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi. 10-tur arafasida esa jamoalarda kasallanish holatlari paydo bo‘la boshladi. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL iyul oyining so‘nggi o‘n kunligiga reja qilingan 10-11 tur uchrashuvlarini qoldirishga majbur bo‘ldi. 

Kuz faslining har bir oyida O‘zPFL 10 kundan muddatni milliy terma jamoaga berishiga to‘g‘ri keladi. Demak, umumiy yana 30 kun davomida milliy chempionat o‘yinlarini o‘tkazishning iloji bo‘lmaydi. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL vaqtdan yutkazmaslik uchun Superliganing I davrasini markazlashtirilgan holda yakunlashga qaror qildi. Rejaga ko‘ra, 3 avgustdan boshlab Superliga qayta tiklanadi hamda 15 avgust kuni I davra o‘z yakuniga etadi. Yakshanbadan tashqari har kuni futbol uchrashuvlari o‘tkaziladi. Yakshanba kunlarida esa klublar umumiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. 

Bunda har bir klub o‘zi istiqomat qiladigan ob’ektdan faqatgina mashg‘ulot va o‘yin maydonlariga o‘z avtobusida safar etadi. Klublar qarorgohi talab etilgan kunlarda muntazam dezinfektsiya qilinadi. Har bir klub joy olgan ob’ekt nazoratda bo‘lib, delegatsiya oldiga begona kishilar qo‘yilmaydi. Ikki hafta davomida futbolchilar ham boshqa yumush bilan tashqariga chiqarilmaydi. 

Shuningdek, O‘zPFL O‘FA yordamida hakamlar brigadalarini ham alohida ob’ektda bo‘lishlarini ta’minlaydi. Ular ham karantin qoidalariga to‘la amal qilishi ta’minlanadi. 15 avgustga qadar mamlakatdagi vaziyat yaxshilansa, O‘zbekiston Coca Cola kubogi uchrashuvlaridan boshlab uy-safar tizimiga qaytiladi. Bu qaror holatning qanday kechishidan kelib chiqib, qayta muhokama qilinadi. 

Markazlashgan musobaqada kuniga 3 tadan ortiq uchrashuv o‘tkazilmaydi. Bu holat nafaqat translyatsiya huquqiga egalik qiluvchi Sport-TV uchun, balki boshqa OAV uchun ham qulaylik yaratadi. Quyida uchrashuvlar taqvimi bilan tanishish imkoniyati bor. Qaysi uchrashuvning qaysi maydonda o‘tishi masalasiga O‘zPFL kelayotgan hafta aniqlik kiritadi. 

Coca Cola Superliga. 10-tur

3  avgust, dushanba

NASAF — SO‘G‘DIYoNA

BUNYoDKOR — METALLURG

AGMK — LOKOMOTIV

4 avgust, seshanba

QO‘QON-1912 — PAXTAKOR

MASh’AL — ANDIJON

QIZILQUM — BUXORO

5 avgust, chorshanba

SURXON — NAVBAHOR

 

11-tur

6 avgust, payshanba

SO‘G‘DIYoNA — BUNYoDKOR

7 avgust, juma

PAXTAKOR — NASAF

ANDIJON — AGMK

LOKOMOTIV — QO‘QON-1912

8 avgust, shanba

NAVBAHOR — MASh’AL

METALLURG — QIZILQUM

BUXORO — SURXON

 

12-tur

10 avgust, dushanba

NASAF — Bunyodkor

QO‘QON-1912 — ANDIJON

PAXTAKOR —  LOKOMOTIV

11 avgust, seshanba

AGMK — NAVBAHOR

SURXON — METALLURG

QIZILQUM — SO‘G‘DIYoNA

12 avgust, chorshanba

MASh’AL — BUXORO

 

13-tur

13 avgust, payshanba

ANDIJON — PAXTAKOR

LOKOMOTIV — NASAF

14 avgust, juma

SO‘G‘DIYoNA — SURXON

NAVBAHOR — QO‘QON-1912

BUNYoDKOR — QIZILQUM

15 avgust, shanba

BUXORO — AGMK

METALLURG — MASh’AL.

3 avgustga qadar jamoalarda bugungi kundagi vaziyat haqida etarlicha xulosa chiqarish, kasallangan futbolchilarga g‘amxo‘rlik qilish va ularni oyoqqa turg‘azishda imkoniyat bo‘ladi. 3 avgustdan boshlab esa ehtimoliy kasallanishi mumkin bo‘lgan futbolchilar masalasi bilan shug‘ullanish uchun SEOA yordamida alohida komissiya tuziladi. Bunda kasallangan futbolchi bilan yaqin muloqotda bo‘lganlar tarixi o‘rganiladi va ular belgilangan tartibda izolyatsiyaga olinadi. Futbolchilarga va klublar personallariga mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda bir-birlaridan masofa saqlash tavsiya etiladi. Zero jamoaning keyingi natijalariga bu o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Har bir klub asosiy tarkibida 45 nafargacha futbolchi ro‘yxatdan o‘tkazilganidan kelib chiqib, ehtimoliy kasallangan futbolchilar maydonga tusha olmasa, ularning o‘rni boshqa futbolchilar bilan to‘ldiriladi. Ya’ni, karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan va intizomi kuchli bo‘lgan klublar bundan tabiiyki yutadi. 

O‘zPFL oson bo‘lmagan davrda futbol klublarini bir yoqadan bosh chiqarishga, o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondoshishga chaqiradi hamda futbol jamoatchiligiga salomatlik tilaydi.

 

Mavzuga oid boshqa xabarlar