“Surxon” klubining yana 13 futbolchisida koronavirus aniqlandi

“Surxon” futbol klubining 13 nafar futbolchisi topshirgan test natijalari musbat ko‘rsatkich qayd etdi. Ular jamoadan ajratilib, qat’iy izolyatsiyaga olindi.

Shuningdek, jamoa massajchisining test tahlili ham musbat ko‘rsatkich qayd etgan va izolyatsiyaga olingan.

Shu bois, klubning boshqa futbolchi, xodimlari ham COVID-19 ga yana bir bor test topshirgan va ayni damda ular test javoblarini kutishmoqda.

mib
cola
apex
bmb