Pro liga avgustdan boshlab davom ettiriladi

Coca Cola Superliga klublari pandemiya davrida SEOA bilan kelishilgan yo‘riqnoma shartlariga rioya qilishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu kabi muammolar Pro liga klublarida ham boshlangani sir emas, xususan, “Dinamo” va “Xorazm” klublarida virus yuqtirib olgan futbolchilar bo‘lishi mumkin. 

Yaqindagina O‘zPFL Pro liga uchrashuvlari translyatsiyasini yo‘lga qo‘yish masalasida UzReport bilan kelishuvga erishgandi. Unga ko‘ra, avgust oyidan boshlab kamida 1 tadan uchrashuv yoritib borilishi kerak. Shundan kelib chiqib va albatta futbolchilar salomatligini o‘ylab, Pro liga bellashuvlari avgust oyidan boshlab davom ettiriladi. 

Bu orada O‘zPFL va UzReport uchrashuvlar taqvim rejasi borasida o‘zaro fikr almashadi. Ya’ni, Pro liga uchrashuvlarining Evropa futboli bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelib qolmasligi masalasi muhokama etiladi. Milliy terma jamoaga Pro ligadan jalb qilinadigan futbolchilar soni kamroq ekanidan kelib chiqib, Pro liga taqvimini qayta ko‘rib chiqish masalasi Superliganiki kabi murakkab bo‘lmaydi. 

O‘zPFL barcha o‘zgarishlar haqida o‘z vaqtida ma’lumot berib boradi.

mib
cola
apex
bmb