“Surxon” klubining ikki futbolchisi izolyatsiyaga olindi

“Surxon” klubi futbolchilari Nuriddin Hasanov hamda Xusniddin G‘ofurov izolyatsiyaga olindi. 

Ularda 13-iyul kuni holsizlanish alomatlari sezilgan. Natijada klub shifokori ularni jamoadan ajratib, darhol izolyatsiya qilgan. Ertasiga — 14-iyul kuni futbolchilar COVID-19 uchun test topshirgan. 17-iyul sanasida mazkur futbolchilarning virus yuqtirib olgani tasdiqlangan. 

Xabaringiz bor, “Surxon” klubi 12-iyul kuni Coca Cola Superliganing 9-turi doirasida Andijonda mehmon bo‘lgandi. Xusniddin G‘ofurov uchrashuvning 76-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirilgan. 

Endilikda “Surxon” va “Andijon” klubi futbolchilari COVID-19 uchun test topshirishlariga to‘g‘ri keladi. Mazkur jamoalarning navbatdagi o‘yinlari rejasi shundan kelib chiqib ma’lum qilinadi. 

Izoh. Hozirgacha shubhaga olingan klublardan faqatgina “Navbahor” O‘zPFL uchun barcha ma’lumotlarni to‘liq hamda o‘z vaqtida taqdim etdi. “Bunyodkor” futbol klubi esa bugun — 17-iyul kuni kechgacha jamoa a’zolari haqida to‘liq ma’lumot berish majburiyatini olgan.

mib
cola
apex
bmb