Coca Cola Superliga. 10 va 11-turlarda o‘zgarish bo‘ladi

Karantin talablari qayta kuchaytirilgach, kelayotgan ikki haftaning dam olish kunlarida respublika bo‘ylab harakatlanish cheklandi. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL Coca Cola Superliganing ketma-ket ikki tur uchrashuvlariga o‘zgartirish kiritdi hamda dam olish kunlaridagi uchrashuvlarni boshqa sanalarga ko‘chirdi.

Bunda nafaqat asosiy tarkiblar, balki U-21 jamoalarining ham harakatlanishda murakkabliklarga duch kelmasliklari inobatga olingan. Shuningdek, Superliga klublarining 6 tasi musobaqani markazlashgan holatda o‘tkazishga qarshi ovoz berganidan kelib chiqib, O‘zPFL bu masalani vaqtinchalik kun tartibidan chiqardi. Umid qilamizki, respublikada vaziyat yaxshilanadi va O‘zPFL yana markazlashgan musobaqa masalasiga qaytishga majbur bo‘lmaydi. Hozirgi holatda esa biz musobaqalar o‘tishida katta yordam berayotgan Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agetligi hamda Milliy teleradiokompaniyaga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Ma’lumot uchun, O‘zPFL OFK rejalaridan kelib chiqib, yil so‘ngiga bo‘lgan taqvimni shakllantirib ulgurgan. Vaziyat o‘nglanishiga qarab bu haqda alohida to‘liq ma’lumot beriladi. Hozircha esa turdan-turgacha rejalar tuzishga majburmiz.

10-tur
21 iyul, seshanba
19:00 SURXON — NAVBAHOR  
19:00 NASAF — SO‘G‘DIYoNA  

22 iyul, chorshanba
19:00 MASh’AL — ANDIJON  
19:00 AGMK — LOKOMOTIV 

23 iyul, payshanba
19:00 QO‘QON-1912 — PAXTAKOR 
19:00 QIZILQUM — BUXORO  
19:00 BUNYoDKOR — METALLURG 

11-tur
28 iyul, seshanba
19:00 SO‘G‘DIYoNA – BUNYoDKOR 
19:00 NAVBAHOR – MASh’AL 

29 iyul, chorshanba
19:00 PAXTAKOR – NASAF (Paxtakor)
19:00 LOKOMOTIV – QO‘QON-1912 
19:00 BUXORO – SURXON 

30 iyul, payshanba  
19:00 ANDIJON – AGMK  
19:00 METALLURG – QIZILQUM

mib
cola
apex
bmb