“Buxoro” — “Bunyodkor” uchrashuvi noma’lum muddatga qoldirildi

Coca Cola Superliga 9-turidan o‘rin olgan “Buxoro” — “Bunyodkor” uchrashuvi xavfsizlik nuqtai nazaridan noma’lum muddatga qoldirildi.

“Bunyodkor” klubi futbolchilaridan biri virus yuqtirib olganlikda gumon qilinmoqda. Shundan kelib chiqib, futbolchi alohida izolyatsiyaga olingan. Endilikda, “Bunyodkor” bazasi dezinfektsiya qilinadi va jamoa a’zolari tekshiruvdan o‘tadi. Hammasi joyida bo‘lsa, futbolchilar klub shifokori nazoratida mashg‘ulotlarni davom ettirishlari mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, bugun Namanganning “Navbahor” klubi futbolchilarining holati ham tekshiruvdan o‘tkaziladi. Ayni holatga ko‘ra, “Navbahor” futbolchilari o‘zlarini yaxshi his qilishmoqda va ularda shubhali alomatlar yo‘q.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi mazkur holatdan kelib chiqib, Superliga uchrashuvlarining keyingi rejalarini ishlab chiqadi. Bu boradagi yangiliklar saytimiz orqali yoritib boriladi.

mib
cola
apex
bmb