OFK OCHL bahslari taqvimini tasdiqladi

Xabaringiz bor, koronavirus pandemiyasi sababli dunyoning ko‘plab mamlakatlari qatori O‘zbekistonda ham futbol uchrashuvlari va mamlakat ichki chempionati qisqa tanaffus olgan edi.

O‘zPFL yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda milliy chempionat bahslarini davom ettirish bo‘yicha o‘z rejalarini ishlab chiqib, Coca Cola  Superligasi bahslari 1-davrasi taqvimini e’lon qilgan edi.

Taqvim mavsum so‘nggiga qadar ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zPFL OFKning OChL bahslari, qolaversa terma jamoalar o‘yinlari uchun yilning ikkinchi yarmi taqvimini ma’lum qilishini kutayotgan edi.

Bugun qit’a futbol uyushmasi mavsumning ikkinchi qismini davom ettirish bo‘yicha musobaqalar taqvimini e’lon qildi.

O‘zPFL ham tez orada Coca Cola Superligasi to‘liq taqvimini tasdiqlaydi va jamoatchlikka ma’lum qiladi. 

mib
cola
apex
bmb