23-iyul kuni Coca Cola O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi uchun qur’a tashlanadi

23-iyul kuni Coca Cola O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Soat 19:00 da boshlanadigan ushbu marosim “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi va “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Ma’lumot uchun, guruh bosqichida Coca Cola Superliganing 14 klubi va saralash bosqichida g‘olib chiqqan Pro liganing ikki jamoasi ishtirok etadi.

Coca Cola O‘zbekiston kubogi. Guruh bosqichi ishtirokchilari

AGMK
“Andijon”
“Bunyodkor”
“Buxoro”
“Lokomotiv”
“Mash’al”
“Metallurg”
“Nasaf”
“Navbahor”
“Oq-Tepa”
“Paxtakor”
“Qizilqum”
“Qo‘qon-1912”
“Surxon”
“So‘g‘diyona”
“Sho‘rtan”.

Ma’lumot uchun, guruh bosqichida 16 jamoa 4 tadan 4 ta guruhda kurash olib boradi. Qur’a jarayonida kuchlilar yoki kuchsizlar savatlari bo‘lmaydi. Guruhda jamoalar jami 3 tadan o‘yinda ishtirok etadi. Mezbon va mehmon maqomini oldindan ko‘rsatilgan format bo‘yicha qur’a aniqlab beradi. Qur’a natijasiga ko‘ra, guruhdagi jamoalardan ikkitasi ikki mezbon va bir safar uchrashuvida, yana ikkitasi esa bir mezbon va ikki safar uchrashuvida ishtirok etadi.

Guruh bosqichida dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar keyingi bosqichga yo‘l oladi. Qur’a yordamida jamoalarning raqibi aniqlanadi. Bunda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalarga 2-o‘rin egalari raqib bo‘ladi. Guruhlarda 1-o‘rinni egallagan klublar ¼ finalni mezbon sifatida, ya’ni o‘z uyida o‘tkazadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb