“Buxoro” futbol klubi direktor tayinlash masalasini tartibga soldi

O‘zbekiston Professional futbol ligasi “Buxoro” futbol klubi direktori Alisher Rustamovning tegishli hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ruxsat beradi.

Bungacha “Buxoro” futbol klubiga yangi direktor tayinlash yuzasidan futbol klubi ta’sischilarining Umumiy yig‘ilishini o‘tkazish va uning bayonini rasmiylashtirish tartibiga rioya qilinmagani haqida ma’lumot berilgandi. Bu borada huquqiy jihatdan xatoga yo‘l qo‘yilgani bois O‘zbekiston Professional futbol ligasi joriy yilning 11-iyun kuni futbol klubi ta’sischilariga rasmiy ma’lumot jo‘natgandi.

2020-yilning 24-iyun kuni  Buxoro neftni qayta ishlash zavodi direktori A.Fozilov va Buxoro shahar hokimi v.b. O‘.Jumayev ishtirokida “Buxoro” futbol klubiga yangi direktor tayinlash bo‘yicha belgilangan tartibda ta’sischilarning Umumiy yig‘ilishi o‘tkazilgan va shu bo‘yicha Umumiy yig‘ilish bayoni rasmiylashtirilgan. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Professional futbol ligasi “Buxoro” futbol klubi direktori Alisher Rustamovning tegishli hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi va uning kelgusi faoliyatiga omad tilaydi.

mib
cola
apex
bmb