Dilyaver Vaniyev: AGMK juda oddiy vaziyatda gol kiritdi

Coca Cola Superligasining 6-turidan o‘rin olgan AGMK - "Mash’al" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar murabbiyi Dilyaver Vaniyev o‘z fikrlarini bildirdi.

"Ikkinchi raqam ostida o‘ynashni rejalashtirgan edik. Gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin taktikamizni o‘zgartirdik. Bugun raqibimiz juda oddiy vaziyatda gol urdi. Bu o‘yinni tahlil qilamiz. Meni ko‘proq jamoamiz a’zolarining tezroq tiklanishi tashvishlantirmoqda. Keyingi o‘yinimiz "Qo‘qon-1912"ga qarshi o‘tadi", - dedi Dilyaver Vaniev.

mib
cola
apex
bmb