Ulug‘bek Baqoyev: “So‘g‘diyona” “avtobus” qo‘yib olib o‘ynamaydi

Coca Cola Superligasi 6-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” hamda “Andijon” (1:1) jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng mezbonlar ustozi Ulug‘bek Baqoyev uchrashuv haqidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Ikkita o‘yinda erishgan ajoyib g‘alabalardan so‘ng bugungi bahsda o‘zimiz xohlagan natijani qo‘lga kirita olmadik. Bu – futbol. Doimiy tarzda g‘alaba qozonish imkonsiz. Yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rib, kelgusi o‘yinlarda kerakli natijalarni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.

“So‘g‘diyona” “avtobus” taktikasida o‘ynamaydi. Biz ikkita hujumchi bilan harakat qilyapmiz. Faqat gol urgach, natijani saqlab qolish uchun bitta hujumchi bilan o‘ynayapmiz. “Andijon” himoyada harakat qilishimiz kerak bo‘lgan jamoa emas”, – dedi Baqoyev.

mib
cola
apex
bmb