Coca Cola O‘zbekiston kubogi. Ikkinchi saralash bosqichi uchun qur’a tashlandi

Bugun Coca Cola O‘zbekiston kubogida birinchi saralash bosqichi bahslari bo‘lib o‘tdi. Bir uchrashuvdan iborat qarama-qarshiliklar natijasiga ko‘ra, “Oq-Tepa”, “Neftchi”, “Sho‘rtan” va “Dinamo” jamoalari Coca Cola O‘zbekiston kubogining ikkinchi saralash bosqichiga chiqdi.

Mazkur bosqich uchun bugun jonli efirda qur’a tashlandi va qur’a natijalari quyidagicha ko‘rinish oldi:

ShO‘RTAN – NEFTChI

DINAMO – OQ-TEPA

Ikkinchi bosqich bellashuvlari 28 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Boshlanish vaqtlari keyinroq batafsil ma’lumot beriladi. Ma’lumot uchun, ushbu bosqichda g‘alaba qozongan ikki jamoa Coca Cola Superliganing 14 klubiga qo‘shilib, kubokning guruh bosqichiga yo‘llanma oladi. Eslatib o‘tamiz, Coca Cola O‘zbekiston kubogi finali Namangan shahrida bo‘lib o‘tadi.

mib
cola
apex
bmb