Abbos G‘ulomov: Futbol to‘xtasa, hayot to‘xtab qolgandek bo‘lar ekan

Xabaringiz bor, ayni vaqtda koronavirus pandemiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida barchamizdan  uyda qolish talab qilinmoqda. Natijada, barcha mamlakatlarda futbol uchrashuvlari o‘tkazilmayapti.

Xo‘sh, o‘zbekistonlik futbolchilar karantin davrini uyda qanday o‘tkazishmoqda?  Bugun bu haqda “Navbahor”ning yosh, iqtidorli futbolchilaridan biri Abbos G‘ulomov bilan suhbatlashdik.

“Karantinni barcha qatori men ham oilam bilan birga o‘tkazyapman. Murabbiylarimiz sport formasini yuqori ushlab turish uchun kerakli tavsiyalar berishgan. Aynan ushbu tavsiyalar asosida yakka tartibda shug‘ullanyapman. Albatta, yakka tartibdagi mashg‘ulotning jamoaviy mashg‘ulotdan farqi bo‘ladi. Shunga qaramasdan, imkon qadar sport formamni yuqori darajada saqlab qolishga harakat qilyapman.

 

To‘g‘risi, futbolni sog‘indim. Futbol to‘xtasa, hayot to‘xtab qolgandek bo‘lar ekan. Namangandagi ajoyib futbol atmosferasini barcha yaxshi biladi. O‘ylaymanki, karantin qoidalariga qat’iy rioya qilsak, tezroq yana o‘sha atmosferani ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi”, – dedi G‘ulomov.

mib
cola
apex
bmb