AGMK – 5 karra O`zbekiston chempioni

Bugun poytaxtimizdagi “O`zbekiston” sport majmuasida futzal bo`yicha XXIII mamlakat chempionati finali uchinchi kungi bellashuvi bo`lib o`tdi.

Dastlabki kun 6:1, ikkinchi kun 5:4 hisobida raqibdan ustun kelgan AGMK uchinchi bellashuvda ham zafar quchdi. Bu safar hisob 4:0.

 

Shu tariqa, olmaliqliklar umumiy hisobda jami uch o`yin davom etgan seriyada 3 g`alabaga erishib, o`z tarixida 5-marta mamlakat chempionligini qo`lga kiritdi.

Final 

AGMK — “Paxtakor” 4:0 (341 tomoshabin)

Hakamlar: Askarbay Arzibekov, Sultonmurod Abdurahmonov, Sanjar Nazarov,Shavkat Muhitdinov

Nazoratchi: Oleg Dachev.

Gollar: Temur Berdiev (1), Ihtiyor Ropiev (9), Husniddin Nishonov (20), Akbar Usmonov (27)

Ogohlantirishlar: Ihtiyor Ropiev, 12 – Avazbek Abduvaliev, 12, Akmal Hazratqulov, 20, Dilshod Irsaliev, 40.

mib
cola
apex
bmb