Futzal: Finalchilar aniqlandi

Bugun futzal bo`yicha XXIIIO`zbekiston chempionatida yarim final bahslari davom ettirildi. Har ikkala bellashuvda raqibidan ustun kelgan “Paxtakor” va AGMK jamoalari final yo`llanmasini qo`lga kiritdi.

PAXTAKOR – NASAF  6:3 (87 tomoshabin)

Hakamlar:  Anatoliy Rubakov, Nikita Afinogenov, Sanjar Nazarov, Jamoliddin Qosimov

Nazoratchi: Viloyat Najafaliev

Gollar: Davron Choriev (8), Dilmurod Shavkatov (10), Ilhom Rajabov (14, 38), Avazbek Abudvaliev (20), Temur Sadirov (33) – Sunnatulla Jo`raev (11), Jasur Xalimov (16), Oybek Polvonov (27)

Ogohlantirishlar: Yo`q – Temur Haydarov, 36.

Chetlatish: Yo`q – Oybek Polvonov (qizil kartochka) 35,  Temur Haydarov (ikkinchi sariq) 40.

Birinchi o`yin – 5:2

NAVBAHOR – AGMK 3:6 (97 tomoshabin)

Hakamlar: Xushnud Atamuratov, Sultonmurod Abdurahmonov, Jamoliddin Qosimov, Sanjar Nazarov

Nazoratchi: Timur Abdullaev

Gollar: Hakimjon Abdurashidov (6), Isoxon Ibragimov (22, 25 penaltidan) – Husniddin Nishonov (8), Davron Valijonov (10), Dilshod Rahmatov (12, 25), Anasxon Rahmatov (30, 37)

Ogohlantirishlar: Yo`q.

Birinchi o`yin – 0:6.

Shu tariqa “Paxtakor” va AGMK jamoalari reglamentga ko`ra finalda bahs olib borishsa, “Nasaf” va “Navbahor” bronza medallari uchun kurash olib boradi.

mib
cola
apex
bmb