Liga Kubogi finali “Paxtakor” stadionida bo`lib o`tadi

Mavsumni yakunlab beruvchi O`zbekiston Liga Kubogi final uchrashuvi 4 dekabr kuni “Paxtakor” stadionida o`tkaziladi.

Ushbu mavsumda ilk bor tashkil etilgan Liga Kubogi finali “Bunyodkor” stadionida bo`lib o`tishi kerak edi, ammo maydon maysasi sifati yaxshi bo`lgan “Paxtakor” stadioni finalga munosib deb topildi.

Eslatib o`tamiz, Liga Kubogi final uchrashuvida “Paxtakor” hamda AGMK klublari o`zaro bahs olib boradi.

Liga Kubogi, final

4 dekabr

“Paxtakor” stadioni

“Paxtakor” - AGMK

mib
cola
apex
bmb