Shota Arveladze: Futbolchilarimni olqishlayman

“Paxtakor” va AGMK (3:0) jamoalari o`rtasidagi Coca-Cola O`zbekiston kubogi final o`yinidan so`ng "Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze uchrashuv borasidagi o`z fikrlarini bildirib o`tdi.

"Tashkiliy ishlar uchun minnatdorchilik bildiraman. G`alaba bilan klubdagi barchani tabriklayman. Ularning ishini maydonda ko`rmaymiz, ammo katta hajmda mehnat qilishadi. Keyin esa yigitlarni olqishlayman. Ular chempionat va kubokda mag`lubiyatsiz g`olib bo`lishdi. Biz mavsumda 102 gol urishga erishdik.

Hujumkor futbol namoyish qildik. Jarohat olgan futbolchilarimiz ham bir jamoaga aylanishimizga hissa qo`shishdi. Raqibga o`yin uchun rahmat deyman. Ular bosim uyushtirib, hujumga o`tishga intilishdi", - dedi Arveladze,

mib
cola
apex
bmb