Coca-Cola O`zbekiston kubogi finali oldidan matbuot anjumani bo`lib o`tdi

Bugun poytaxtimizdagi «Samarqand darvoza» savdo ko`ngilochar maskanida "Paxtakor" va AGMK jamoalari o`rtasidagi Coca-Cola O`zbekiston kubogi final uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Bayramona ruhda o`tgan anjumanda har ikki jamoa futbolchi va murabbiylari, futbol jamoatchiligi va vakillari, OAV xodimlari va ko`plab muxlislar ishtirok etishdi. Uning dastlabki qismida «Paxtakor» bosh murabbiyi Shota Arveladze hamda jamoaning etakchi futbolchilari bo`lgan Egor Krimets, Igor Sergeev, Odiljon Hamrobekov va Jaloliddin Masharipovlar ishtirok etib, bo`lajak bahs oldidan o`z fikrlarini bildirib o`tishdi.

Arveladze: Birinchi navbatda tashkilotchilarga futbolga oid tadbir nafaqat stadionda, balki shunday joyda o`tkazilayotgani uchun rahmat aytaman. Biz ham omma oldiga boramiz. Yigitlarga ajoyib o`yin va natijalar uchun minnatdorchilik bildiraman. Muxlislarga ham katta rahmat. O`tgan yili ushbu raqibga finalda imkoniyatni boy bergandik. Biz o`yinga jiddiy tayyorlandik. Ertaga g`alaba qozonishni istaymiz.

Ertaga jamoa qanday o`ynaydi?

Arveladze:  Bizsirlarimizniochibo`tirmaymiz. Syurpriz bo`lsin. "Paxtakor" uchun mos hujumkor futbol ko`rsatishda davom etamiz.

Kubok finali oxirgi yillarda viloyatlarda bo`lgandi. Bu yil uning Toshkentda o`tkazilishi qanchalik ahamiyatli?

Arveladze:  Yaxshi maydon va sharoit bo`lsa, qaerda o`ynashning katta farqi yo`q. Chiroyli futbol ko`rsatishga sharoit bo`lsa etarli. O`ylashimcha, ertaga stadion to`ladi, maydon yaxshi holatda. Tashkiliy ishlar yuqori darajada ado etiladi. Ertaga mavsum davomida o`zini ko`rsatgan va hozirda eng yaxshi holatda bo`lgan futbolchilar maydonga tushadi. Yoshlarga esa doim imkoniyat beriladi.

Sergeev:  Bunday odam ko`p joyda o`zimni biroz yo`qotib qo`yishim mumkin. Muxlislarimizga meni ruhan qo`llab turishganiga rahmat deyman. Bir yil oldin finalda yutqazgandik. Bu juda alamli bo`lgandi. Ertaga keskin o`yin kechadi va nasib qilsa, biz revansh olamiz

Masharipov:  Assalomu alaykum! O`yinlarimizni ko`rib, qo`llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik aytaman. Ertaga stadionga kelinglar, biz Chempionlar Ligasida bo`lganidek chiroyli futbol ko`rsatishga urinamiz. Oldimizga har uch musobaqada g`olib chiqish maqsadini qo`yganmiz. Buning uchun harakat qilamiz.

Hamrobekov:  Finalni muxlislar singari biz ham kutyapmiz. Ertaga muxlislardan stadionga kelishni so`rab qolaman. Biz chiroyli futbol namoyish qilishga intilamiz.

2015 yilO`zbekistonKubogini "Nasaf"daErkinBoydullaevbilanbirgaqo`lgakiritgansiz. Ertaga unga qarshi o`ynaysiz. Bunga qanday fikr bildirasiz?

Hamrobekov: Yoshligimizdan bizga ko`p narsalarni o`rgatgan. Ammo ertaga biz raqibmiz. Hakam hushtagi chalinishi bilan raqiblarga aylanamiz. O`yingacha va o`yindan keyin aka-ukalik davom etadi.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida esa AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va jamoaning etakchi futbolchilari bo`lgan Elguja Grigalashvili, Shahzodbek Nurmatov, Akmal Shorahmedov va Vladislav Kasmininlar ishtirok etishdi.

Qosimov: Final biz uchun ham, "Paxtakor" uchun ham muhim o`yin. Ertaga qiziqarli  bahs bo`ladi deb o`ylayman. Final bir o`yindan iborat va futbolchilarda doim ham finalga chiqish va unda o`ynash imkoniyati tug`ilavermaydi. Qo`shimchasiga kubok g`olibi jamoamizga OChL uchun yo`llanma taqdim qiladi.  Shu boisdan ham mazkur bellashuvga alohida tayyorgarlik ko`rdik. Kuni kecha klub bosh homiysi Olmaliq Kon Metallurgiya Kombinati 70 yillik yubileyi nishonlandi. Fursatdan foydalanib kombinatning barcha ishchi-xodimlar hamda rahbariyatni ushbu qutlug` sana bilan tabriklayman. Avvalambor barchasi yaratgandan, ertaga Xudo xohlasa g`alaba qozonishga va kubokni Olmaliq ahliga sovg`a qilishga harakat qilamiz.

Zafar Polvonov jarohati bois o`yinlarni o`tkazib yubormoqda. Afsuski ertangi bahsda ham Zafar jamoaga yordam berolmaydi. O`tgan yili Polvonov finalda o`ynagan va kubokni boshi uzra baland ko`targan. Futbolda, ayniqsa finalda har qanday narsa ruy berishi mumkin. Shu bois biz ushbu jihatlarni inobatga olib mashg`ulotlarda penaltilar seriyasi bo`yicha ham shug`ullandik.

Vladislav Kasminin: Paxtakor" kuchli jamoa. Ertangi raqib joriy mavsumni a`lo darajada o`tkazmoqda. Ammo futbolda ilojsiz narsaning o`zi yo`q. Ertaga maksimal harakat qilishga va muxlislarimizni xursand qilishga urinamiz.

Elguja Grigalashvili: Assalomu alaykum! (o`zbek tilida) Ertaga qiyin to`qnashuv bo`ladi. "Paxtakor" juda yaxshi jamoa. Umid qilamizki, barchasi biz uchun yaxshi tugaydi.

Akmal Shorahmedov: Menimcha, ertaga qiziq o`yin bo`ladi. Sababi, "Paxtakor" o`tgan yil finaldagi mag`lubiyat uchun revansh olishga harakat qiladi. Garchi chempionatda pastroq o`rinda bo`lsak ham kubok uchun bor kuchimizni berib o`ynaymiz. Stadionga keladigan muxlislarni qizg`in bahs kutmoqda. Kuchli jamoa g`olib bo`lsin.

Shahzodbek Nurmatov: Bizni og`ir bahs kutib turganligi bilgan holda shunga yarasha tayyorgarlik ko`rdik. Xudo xohlasa yaxshi natijaga erishishga harakat qilamiz. Muhimi, g`alaba qozonishimizga ishonamiz.

Tadbir so`nggida muxlislar o`z suyukli qahramonlari bilan suratga tushib, murabbiy va futbolchilardan dastxat olishga muvaffaq bo`lishdi.

mib
cola
apex
bmb