Coca-Cola O`zbekiston kubogi finaliga “Lokomotiv” stadioni mezbonlik qiladi

2019 yilgi Coca-Cola O`zbekiston kubogining final uchrashuvi 26 oktyabr sanasida bo`lib o`tadi.

26 sentyabr kuni bo`lib o`tgan yarim final uchrashuvlari natijasiga ko`ra AGMK hamda “Paxtakor” klublari final chiptasiga ega chiqishgandi. Mazkur klublar bir yil avval ham hal qiluvchi o`yinda ishtirok etgan bo`lib, yakunda AGMK o`z tarixida ilk bor kubok sohibiga aylangandi.

O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi kubok finalini yuqorida saviyada tashkil etish maqsadida, shuningdek, har ikki jamoa muxlislarida final o`yinini bevosita stadionidan tomosha qilish uchun imkoniyat ko`proq bo`lishini inobatga olib, final bellashuvini “Lokomotiv” stadionida o`tkazish variantida to`xtaldi. Uchrashuv 17:00 da start oladi.

Final o`yini oldidan har ikki jamoa bosh murabbiylari hamda klublarning etakchi futbolchilari ishtirokida matbuot anjumani o`tkaziladi. O`yinoldi tadbirlar manzili yaqin kunlar ichida e`lon qilinadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb