Jonli efirda Coca-Cola O`zbekiston kubogi va Liga kubogining yarim final bosqichiga qur`a tashlanadi

 

Xabaringiz bor, 14 avgust kuni O`zbekiston liga kubogida, 21-22 avgust kunlari esa Coca-Cola O`zbekiston kubogida 1/4 final bosqich uchrashuvlari bo`lib o`tdi va yarim finalchilar aniqlandi.

 

Bugun har ikki musobaqaning yarim final bosqichi uchun qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tadi. Marosim soat 15:30 dan boshlab «Sport» telekanali orqali jonli tarzda namoyish etiladi.

 

 

Ma`lumot uchun, Coca-Cola O`zbekiston kubogi yarim final bosqichiga AGMK, “Bunyodkor”, “Nasaf” va “Paxtakor” jamoalari, Liga kubogi yarim final bosqichiga esa “Qo`qon-1912”, “Dinamo”, AGMK va “Paxtakor” jamoalari chiqishgan.

mib
cola
apex
bmb