Matbuot va OAV xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklaymiz!

 

27 iyun mamlakatimizda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. 

Har bir sohada bo`lgani kabi futbol sohasida ham eng so`nggi yangiliklarni, uchrashuvlar natijalari va tahlillarini muxlislarga o`z vaqtida tezkorlik bilan etkazib turishda ommaviy axborot vositalari xodimlarining o`rni katta.

Shu munosabat bilan O`zbekiston Professional futbol ligasi yurtimizda faoliyat yuritayotgan barcha jurnalistlarni, shu jumladan, sport jurnalistlarini kasb bayramlari bilan tabriklaydi!

Ularning faoliyatlariga kattadan-katta muvaffaqiyatlar tilaydi!

 

mib
cola
apex
bmb