Nukusda ichki ishlar organlarining xizmat vaqtida halok bo`lgan xodimlari farzandlari uchun tadbir o`tkazildi

Yurtimizda 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bayrami keng nishonlandi. Mazkur bayram munosabati bilan qator tadbir hamda musobaqalar tashkil etildi. Shu qatorda O`zbekiston Professional futbol ligasi ham ushbu bayram kunlari bir qator uchrashuv hamda tadbirlar o`tkazdi.

Bugun Nukus shahrida ichki ishlar organlarining xizmat vaqtida halok bo`lgan xodimlarining farzandlari uchun maxsus tadbir tashkil etildi. Unda Ichki ishlar vazirligi vakillari, O`zbekiston Professional futbol ligasi Muxlislar bilan ishlash va ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish bo`limi xodimlari hamda “Orol” futbol klubi futbolchi va murabbiylari ishtirok etishdi. 

Vatan himoyasi va tinchiligi yo`lida xizmat qilgan mard o`g`lonlarning farzandlari uchun “Orol” futbolchilari tomonidan master-klass uyushtirildi. Qatnashchi bolajonlarga turli sovg`a-salomlar taqdim etildi. Shuningdek, tadbirga kela olmagan ayrim oilalarga ham tashrif buyurib, ularga ham sovg`alar topshirildi. 

mib
cola
apex
bmb