Samarqanddagi 10-sonli mehribonlik uyida “Dinamo” futbolchilari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan qator tadbirlar tashkil etilmoqda.

Bugun Samarqand shahridagi 10-sonli mehribonlik uyida Professional futbol ligasi Muxlislar bilan ishlash va ommaviy sport tadbirlarini o`tkazish bo`limi xodimlari tomonidan uchrashuv tashkil etildi. Unda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Samarqandning “Dinamo” jamoasi a`zolari – Jasur Azimov hamda Mirkomil Loqaev bilan uchrashishdi. Tadbir davomida bolajonlar ushbu futbolchilarga o`zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi. Shuningdek, bolalar uchun kichik master-klass ham uyushtirildi. Tadbir yakunida esa mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga maxsus sovg`alar ham taqdim etildi. 

Ta`kidlash joiz, O`zbekiston Professional futbol ligasi yil boshidan buyon futbol ommaviyligini oshirish va milliy futbolimizga jamoatchilik, xususan yoshlarning qiziqishi hamda e`tiborini orttirish maqsadida har bir viloyatda shunday uchrashuv va tadbirlar tashkil etib kelmoqda. 

mib
cola
apex
bmb