“Paxtakor” Odil Hamrobekovni OChL-2019 bahslari uchun ro`yxatdan o`tkazdi

Xabaringiz bor, O`zbekiston vitse-chempioni “Paxtakor” OChL-2019 saralashi ikkinchi o`tish bosqichi doirasida 12 fevral kuni o`z maydonida Iroqning “Eyr Fors” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Saralash bahslari ancha erta boshlangani bois “Paxtakor” saralash bahslarida qatnashuvchi o`yinchilarini rasmiy ro`yxatdan o`tkazish jarayonini allaqachon boshlab yuborgan edi. Bugun “Paxtakor” jamoasi yangi mavsum oldidan o`z safiga qo`shib olgan so`nggi futbolchisini ro`yxatdan o`tkazish uchun ariza topshirdi. 

Shu paytga qadar “Nasaf” jamoasi safida o`ynab kelgan yarim himoyachisi Odil Hamrobekov endi faoliyatini Toshkent klubi tarkibida davom ettiradi. “Paxtakor” rasmiylari futbolchi bilan tuzilgan shartnomani taqdim qildi. PFL endilikda mazkur o`yinchi ham kiritilgan yakuniy ro`yxatni Osiyo Chempionlar ligasi bahslarida qatnashishi uchun OFKga taqdim qiladi. 

mib
cola
apex
bmb