Ilyos Qurbonov: Yigitlar maksimal vazifasini bajarishdi

26.06.2024

Ilyos Qurbonov: Yigitlar maksimal vazifasini bajarishdi

Superliga 13-turidan o‘rin olgan Metallurg – Nasaf (0:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar murabbiyi Ilyos Qurbonov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Birinchi o‘rinda yigitlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bor kuchi bilan xarakat qilishgani uchun. Raqibni o‘rganib chiqdik va ular O‘zbekistondagi eng kuchli jamoadan biri. Kombinatsion futbol o‘ynagani sababli qarshi hujumlarda harakat qildik. O‘ylashimcha, uddasidan chiqdik. Bizda vaziyatlar bo‘ldi, ammo foydalana olmadik. Jamoada biroz jismoniy xolat bo‘yicha muammolar bor. Umuman olganda, yomon bellashuv bo‘lmadi. Nasafga qarshi hammaga qiyin bo‘ladi.

Zich futbol o‘ynab, qarshi hujumlarda raqibni jazolash kerakligini aytgan edim. Surxon bilan uchrashuvda ham huddi shunday bo‘lgan edi. Surxonga qarshi bahsning 65-daqiqasida majburiy o‘zgarish qildik. Aynan shu sababli rejamiz o‘zgarib ketgan edi. Bugun Nasaf bilan himoyadan o‘ynashga majbur edik. Ular bilan ochiq futbol o‘ynab bo‘lmas edi. Bugun, yigitlar maksimal natija qildi, deb hisoblayman.

Mashg‘ulot chog‘ida ko‘p ishladik bu borada. Menimcha, qarshi hujumda bizga birinchi pasni bera oladigan futbolchi yetishmadi. Menimcha, vertikal emas, diagonal ochilish sababli imkoniyatlarimiz kutilganidek bo‘lmadi.

O‘rinboyevning o‘rni haqiqatdan ham juda bilinmoqda. Hozir engil mashg‘ulotlarni boshlagan. Shifokorlar ko‘rigidan o‘tsa, tez orada umumiy guruhga qo‘shiladi.

Biz uchun bir ochko ham  ochko. Bu taktik o‘zgarish edi. Hozir, har ochko oltinga teng.

cola
apex
mib
mib
mib
mib