Maksim Shatskix: Bunday o‘yinlarda murabbiylarga juda qiyin

07.05.2024

Maksim Shatskix: Bunday o‘yinlarda murabbiylarga juda qiyin

O‘zbekiston Superligasi 6-turi doirasida o‘z uyida “Metallurg”ni qiyinchilik bilan 4:3 hisobida mag‘lub etgan Paxtakor klubi ustozi Maksim Shatskiz o‘yin haqida fikr bildirdi.

O‘yin muxlislarga yoqdi deya olaman. Ammo, bunday o‘yinlarda murabbiylarga qiyin. Ayniqsa, so‘nggi daqiqalarda juda asabiylashdim. Hisob 3:1 bo‘lib turganda ikkita yuz foizlik imkoniyatni boy berdik. Bu futbolchilarning individual mahorati bilan bog‘liq.

“Raqib ikkinchi golni kiritgan vaqtda yana asabiylashishga to‘g‘ri keldi. Yaxshiyam, keyinchalik to‘rtinchi golni ham urdik va biroz o‘zimizni o‘nglab oldik. Tanaffusdan so‘ng biroz o‘zimizga kelib olishimiz kerak edi. Qolaversa, terma jamoalardagi o‘yinchilarimiz safga qaytishdi. Endi natijalarimiz ham yaxshi tomonga o‘zgaradi deb umid qilaman”.

cola
apex
mib
mib
mib
mib