Ro‘ziqul Berdiyev: Faqatgina OKMK – Nasaf uchrashuvida bunday hisob qayd etilishi mumkin

07.05.2024

Ro‘ziqul Berdiyev: Faqatgina OKMK – Nasaf uchrashuvida bunday hisob qayd etilishi mumkin

Superliga 6-turidan o‘rin olgan OKMK – Nasaf (3:4) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib ztdi.

Ikkala jamoa ham ochiq futbol ko‘rsatadigan jamoalar sanaladi. Faqatgina ushbu ikki klub o‘rtasidagi o‘yinlardagina bunday katta hisoblarni ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Bellashuv nazoratimizda o‘tdi. Faqatgina o‘tkazib yuborilgan birinchi golda va 4:1 hisobidan so‘ng nazoratni qo‘ldan chiqardik. Bu juda alamli va asabiy bo‘ldi. Davronov jarohat olib maydonni tark etganidan so‘ng himoyada pala-partishliklar kuzatildi. Asosiysi, g‘alabani saqlab qoldik.

Umidjon Ergashev Turkiya yig‘inida ko‘richak sohasida jarrohlik stoliga yotdi. Yaqindagina esa mashg‘ulotlarni boshladi. Kubok bellashuvlarida Safoyevga imkoniyat berdik. Ammo ayrim vaziyatlarda bizni gollardan saqlab qola bilmadi. Ergashev safga qo‘shilsa, raqobat yanada kuchayadi.

Nasafga qarshi juda ham ko‘plab jamoalar himoyaviy o‘ynaydi. Shu sababli, oldingi chiziqqa sifatli futbolchilargi jalb qilishga intildik. Ammo, ularning hammasi ham biz kutgan darajada harakat qilishmayapti.

cola
apex
mib
mib
mib
mib