Aleksandr Stoymirovich: Hali Navbahor bilan tengma-teng o‘ynaydigan darajaga chiqmadik

05.05.2024

Aleksandr Stoymirovich: Hali Navbahor bilan tengma-teng o‘ynaydigan darajaga chiqmadik

O‘zbekiston Superligasi 6-turi doirasida safarda Navbahorga mag‘lub bo‘lgan Lokomotiv klubi ustozi Aleksandr Stoymirovich o‘yin haqida fikrlarini bildirdi.

Raqib ishonchli g‘alaba qozondi. Qiyin raqib bilan o‘ynashimizni bilardik. Shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rdik. Shunday bo‘lsada, bizda tarkib bilan bog‘liq muammolar bor edi. Bulatovichni sog‘liq bilan bog‘liq muammolari bor. Jasur Hakimov ham hozirda tiklanish bilan mashg‘ul. Raqibning tajribasi va mahorati ancha baland. Dastlabki ikki golni ko‘ring. Sifatli va mahorat bilan kiritilgan gollar.

Birinchi gol uzoq masofadan kiritildi. Qanot vingbeklarimiz sustroq o‘ynashdi. Biz hali o‘sishda davom etishimiz kerak. Hozir Namanganda Navbahorga qarshilik ko‘rsata oladigan jamoa emasmiz, bunga intilamiz, albatta.

cola
apex
mib
mib
mib
mib