Samvel Babayan: Namanganga kelgan har qanday jamoa himoyada o‘ynaydi

05.05.2024

Samvel Babayan: Namanganga kelgan har qanday jamoa himoyada o‘ynaydi

O‘zbekiston Superligasi 6-turi doirasida o‘z uyida Lokomotivni yirik – 4:0 hisobida mag‘lub etgan Navbahor klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan g‘alaba, Sayfiyevning pozitsiyasi, Ruslanbek Jiyanov va olimpiya terma jamoasi haqidagi savollarga javob berdi.

Birinchi taym qiyin kechdi. Golgacha deyarli vaziyat yarata olmadik. Bunga o‘zimiz va raqib himoyasi sabab. Namanganga kelgan barcha jamoalar bizga qarshi faqat himoyada o‘ynaydi. Bugun ham shunday bo‘ldi. Raqib himoyada mustahkam o‘ynab, tezkor qarshi hujumlarga tayandi. Boltaboevning goli bizga g‘alaba qozonishimiz uchun turtki bo‘ldi.

Farrux Sayfiyev universal futbolchi. Yarim himoya chizig‘ida o‘ynab ko‘rgan. Shuningdek, chap qanotda Ibrohim Yo‘ldoshev bilan tandem sifatida sinab ko‘rmoqchi edik. Bu haqda uni o‘ziga aytdim. Menimcha, yomon o‘ynamadi.

Ruslanbek Jiyanov bizning asosiy hujumchilarimizdan biri. Kecha yetib keldi va bugunoq maydonga tushdi. Kecha sog‘lig‘i bo‘yicha biroz muammolar bor edi. Biroz shamollagan va maydonga tushishi aniq emas edi. Bugun shifokorlarimiz unga ruxsat berishdi va unga imkon berdik. Jiyanov Navbahorning asosiy o‘yinchisi. Chempionat avvalida bizga yordam berdi. Osiyo chempionlar ligasida ham ancha foydali o‘ynadi. Bizda ham endi olimpiadada qatnashadigan futbolchi bor. Bundan faxrlanamiz.

Iminjonov o‘tgan mavsumda birinchi ligada o‘ynagan. Ancha shijoatli va kelajagi bor o‘yinchi. Unga bugun imkon berdik. Hali bizga yordam beradi.

Olimpiya terma jamoamizning natijasi Olimpik loyihasi to‘g‘ri bo‘lganini anglatadi. Bu yoshdagi iste’dodlarni bir jamoaga yig‘ish orqali natijaga erishish mumkinligini ko‘rdik. Umuman, hozir bizda bunday futbolchilar ko‘p. Bu juda quvonarli hol. Bu avlod kelajak uchun sarmoya. Bu kabi yoshlar bizni jahon chempionatiga olib chiqa oladi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib