AGMK OChL-2019 saralash bosqichi uchun 29 nafar futbolchini ro`yxatdan o`tkazadi

Xabaringiz bor, kelayotgan mavsumda xalqaro maydonda yurtimiz sharafini 3 ta klub himoya qiladi. 

Qit`amizning klublar miqiyosidagi eng nufuzli musobaqasi – OFK Chempionlar ligasida O`zbekiston chempioni “Lokomotiv” ishtirokini guruh bosqichidan boshlaydi. Mamlakat vitse-chempioni – “Paxtakor” va kubok sohibi – AGMK esa saralash orqali bahslarga kirishadi.

Qayd etish joizki, OChL-2019 saralashi doirasida ikkinchi o`tish bosqichidan musobaqada ishtirokini boshlovchi klublarimiz bugun qit`a Chempionlar ligasida qatnashuvchi futbolchilarini ro`yxatdan o`tkazadi. 

AGMK jamoasi Osiyo Chempionlar ligasi-2019 saralash bosqichida qatnashish uchun 29 nafar futbolchini ro`yxatdan o`tkazdi. Ularning 2 nafari xorijlik futbolchilardir. Klub hozircha legionerlar uchun ajratilgan limitdan to`la foydalanmaslikni afzal bildi. Agar jamoa saralashdan muvaffaqiyatli o`tib, guruh bosqichiga yo`l olsa, tarkibga yana 2 nafar chet ellik o`yinchi qo`shilishi mumkin. Hozircha esa olmaliqliklar serbiyalik futbolchilar – Mirolyub Kostich hamda Marko Zochevichni ro`yxatdan o`tkazishdi. Har ikki yarim himoyachi ham AGMK safiga Serbiya chempionatidan kelib qo`shilishdi. 

 

AGMKning OChL-2019 saralash bosqichi uchun futbolchilar ro`yxati 

Ism-familiyasi

Amplua

Mamlakati

1

Nizomiddin Ziyovutdinov

Darvozabon

O`zbekiston

12

Roman Abdulov

 

O`zbekiston

32

Suhrobjon Sultonov

 

O`zbekiston

45

Akbar To`raev

 

O`zbekiston

2

Abduqahhor Hojiakbarov

Himoyachi

O`zbekiston

3

Azamat Isroilov

 

O`zbekiston

20

Mirg`iyos Sulaymonov

 

O`zbekiston

27

Shahzodbek Alaqulov

 

O`zbekiston

28

Sheroz Jalolov

 

O`zbekiston

29

Eldorbek Begimov

 

O`zbekiston

31

Saydullo Rahmatov

 

O`zbekiston

33

Sardor Rahmonov

 

O`zbekiston

37

Sherzod Fayziev

 

O`zbekiston

44

Boburbek Yuldashov

 

O`zbekiston

4

Mirjamol Qosimov

Yarim himoyachi

O`zbekiston

5

Dilshod Jo`raev

 

O`zbekiston

6

Marko Zochevich

 

Serbiya

7

Oybek Qilichev

 

O`zbekiston

8

San`at Shixov

 

O`zbekiston

11

Zohir Pirimov

 

O`zbekiston

17

Murod Toshmatov

 

O`zbekiston

19

Jasur Hasanov

 

O`zbekiston

21

G`ulom Haydar G`ulomov

 

O`zbekiston

22

Mirolyub Kostich

 

Serbiya

30

Jasurbek Umarov

 

O`zbekiston

36

Shahboz Umarov

 

O`zbekiston

9

Zafar Polvonov

Hujumchi

O`zbekiston

10

Shoxnazar Norbekov

 

O`zbekiston

38

Kamron Abdulhamidov

 

O`zbekiston

 

 

Qayd etish joiz, AGMK klubi 7 fevralga qadar mazkur ro`yxatga 5 ta o`zgartirish kiritish huquqiga ega. 

AGMK 12 fevral kuni OChL doirasida o`z maydonida Tojikiston chempioni "Istiqlol"ga qarshi o`ynaydi.

Alohida ta`kidlash joizki, AGMK klubi futbolchilarini ro`yxatdan o`tkazish uchun PFLga ariza topshirdi. Endilikda PFL mazkur ro`yxatni tasdiqlab, OFKga taqdim etishi  uchun AGMK yangi mavsum oldidan klublarga PFL tomonidan qo`yilayotgan talablarni to`liq amalga oshirishi zarur bo`ladi.

mib
cola
apex
bmb