PFL vakillari OFK seminarida ishtirok etishdi

Bilasiz, kelasi mavsumda Osiyo Chempionlar Ligasida O‘zbekiston sharafini 3 ta klub himoya qiladi. Mamlakat chempioni to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichidan ishtirokini boshlasa, O‘zbekiston kubogi sohibi hamda Superligada 2-o‘rinni qo‘lga kiritadigan jamoalar esa OChL saralashining ikkinchi bosqichidan kurashga kirishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. 

19-20-21 noyabr kunlari Kuala Lumpur shahrida joylashgan Osiyo Futbol Konfederatsiyasi bosh qarorgohida kelasi yilgi Chempionlar Ligasi uchrashuvlarida o‘yin tashkilotchiligi borasida OFK tomonidan tayinlanadigan uchrashuv komissariga yaqindan yordam berishi ko‘zda tutilgan mahalliy koordinatorlar hamda media ofitserlar uchun maxsus seminar tashkil etildi. Unda Professional Futbol Ligasi vakillari – Litsenziyalashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi – Muhammad Sodiq Sodiq-Ohunov hamda Media bo‘limi bosh mutaxassisi – Zoxirjon Akramxonov ishtirok etishdi. 

Seminar davomida klublar miqiyosidagi qit’amizning eng nufuzli musobaqasi uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etish, o‘yin komissariga har jabhada yaqindan yordam berish, uchrashuv oldi va undan keyin o‘tkaziladigan rasmiy tadbir, mashg‘ulot va matbuot anjumanlarini qay tariqa xalaqaro standartlar asosida tashkil etish bo‘yicha muhim ma’lumotlar berilib, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.  

Jumladan, OFK Musobaqalarni o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i – Shin Man Gil, Klublar o‘rtasidagi musobaqalar uchun mas’ul – Pavel Luzanov hamda media bo‘lim rahbari – Chetan Kulkarni ortda qolgan OChL-2018 sarhisobi va keyingi yil bo‘ladigan qit’a Chempionlar Ligasi uchrashuvlarda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar, mahalliy koordinatorlar hamda media ofitserlarning xalaqaro uchrashuvni o‘tkazishdagi muhim ahamiyati borasida ma’ruzlar o‘qishdi. 

 

 

mib
cola
apex
bmb