22 noyabr kuni Osiyo Chempionlar ligasining 2019 yilgi mavsumi guruh bosqichiga qur`a tashlanadi

PEPSI  Superliga bahslari ham sekin-asta o`zining hal qiluvchi pallasiga kirib bormoqda. Kelasi turda mamlakat chempioni hamda vitse-chempioni nomi ma`lum bo`lishi ham mumkin.

Qayd etish joizki, AGMK jamoasi allaqachon O`zbekiston kubogi finalida g`alaba qozonib, kubokni boshi uzra ko`tarishga ulgurdi. Bu esa mazkur jamoaga kelasi mavsumda xalqaro maydonda mamlakatimiz sharafini himoya qilish imkoniyatini taqdim etadi.

OFK O`zbekistonga2019-2020 yillar uchun 1+2 ko`rinishida kvotalar taqdim etdi. Bu esa Superliga g`olibining kelasi 2 yilda Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etishini, yana 2 ta klubimizning esa saralash bosqichidan boshlab ushbu nufuzli musobaqada qatnashishini anglatadi.

Kelasi haftaning 22 noyabr kuni Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida Osiyo Chempionlar ligasining 2019 yilgi mavsumi guruh bosqichiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tadi. Unda qit`amizning klublar miqiyosidagi eng nufuzli musobaqasi guruh bosqichida jamoalar kelasi yilgi mavsum uchun o`z raqiblari nomini bilib olishadi.

Qayd etish joizki, hali O`zbekistonning 2018 yilgi chempioni va vitse-chempioni nomi rasman ma`lum emas. Hozircha faqatgina AGMKning kubok sohibi sifatida 2019 yilgi qit`a Chempionlar ligasining o`tish boqsichidan boshlab ishtirokini boshlashi ma`lum. Olmaliqliklar o`tish bosqichida Tojikistonning “Istiqlol” klubi bilan to`qnash keladi. Mazkur o`yin 12 fevral kuni AGMK maydonida bo`lib o`tadi. Ushbu juftlik g`olibi esa pley off bosqichiga yo`l oladi va safarda Saudiya Arabistonining “Al Nasr” jamoasi qarshiligini enggishi lozim bo`ladi. AGMK jamoasi agar saralashdan muvaffaqiyatli o`tsa, yakunda “A” guruhidan o`rin oladi.

O`zbekiston vitse-chempioni esa o`tish bosqichida Iroqning “Eyr Fors” klubi bilan to`qnash keladi. Mazkur o`yin Superliga kumush medallarini qo`lga kiritadigan jamoa maydonida bo`lib o`tadi. Ushbu juftlikda g`alaba qozongan jamoa esa pley offda BAAning “Al Nasr” jamoasi mehmoni bo`ladi. Mazkur o`yinda raqibdan ustun keladigan jamoa guruh bosqichida “D” guruhidan o`rin egallaydi.

O`zbekiston chempionligini qo`lga kiritadigan jamoa to`g`ridan-to`g`ri guruh bosqichidan ishtirokini boshlaydi. PEPSI  Superliga g`olibi OChL-2019da “B” guruhidan joy olishi ko`zda tutilgan. 

 

 

O`tish bosqichi

12 fevral

O`zbekiston vitse-chempioni – “Eyr Fors” (Iroq)

AGMK – “Istiqlol” (Tojikiston)

 

Pley off bosqichi

19 fevral

“Al Nasr” (BAA) - O`zbekiston vitse-chempioni / “Eyr Fors” (Iroq)

“Al Nasr” (Saudiya Arabistoni) – AGMK / “Istiqlol” (Tojikiston)

  

Ta`kidlash joiz, qur`a tashlash marosimi 22 noyabr kuni Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida joylashgan OFK qarorgohida bo`lib o`tadi. 

mib
cola
apex
bmb