Luis Garsiya Toshkentga etib keldi

 
Xabaringiz bor, Professional Futbol Ligasi hamda La liga hamkorligi doirasida bugun poytaxtimizdagi "Milliy" stadionda yurtimizda ilk bora "Ommaviy El Klasiko" tomoshasi bo`lib o`tadi.
Mazkur tadbirda La liga elchisi - yaqin o`tmishning mohir futbolchilaridan biri Luis Garsiya ham ishtirok etadi. Bugun erta tongda jahon futbolida o`z izini qoldira olgan futbolchilardan biri Garsiya Toshkentga etib keldi. Uni bir qator ispan futboli shinavandalari, futbolimiz jamoatchiligi vakillari tantanali tarzda kutib olishdi.

 

 

 

 

 

- Toshkentda bo`lib turganimdan juda ham mamnunman. Bugungi kun doirasidan o`rin olgan barcha tadbirlarni yuqori saviyada o`tkazishimizga ishonaman. "El klasiko"dek juda muhim uchrashuvni o`zbekistonlik futbol ishqibozlari bilan tomosha qilish imkoniyatiga egaligimdan xursandman. Futbol targ`ibotini kuchaytirishga xissa qo`shayotganimdan va bu orqali O`zbekistonda ham do`stlar orttirayotganimdan baxtiyorman, - deya fikr bildirdi Garsiya.

 


Luis Garsiya "Ommaviy El Klasiko" tadbirida qatnashadi va yosh futbolchilarga mahorat darsi o`tib beradi. Qolaversa, "Barselona" - "Real M" uchrashuvi oldidan Temur Kapadze boshchiligidagi "Real Madrid" vakillariga qarshi "Barselona" safida ko`rgazmali o`yinda maydonga ham tushadi.

 

 

 

Ta`kidlab o`tamiz, bugun soat 12:15 da Luis Garsiya ishtirokida matbuot anjumani ham tashkil etiladi.

 

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb