Batkenda Qirg`iziston, Tojikiston va O`zbekiston klublari o`rtasida “Farg`ona vodiysi kubogi” o`tkaziladi

Osiyo qit`asida futbol yildan-yilga jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Borgan sayin qit`a klublar o`rtasidagi turnirlari va qolaversa Osiyo kubogi ishtirokchilari geografiyasi kengayib bormoqda. Bu esa Osiyoning barcha mamlakatlarida ham qo`shni davlatlar futboliga bo`lgan e`tibor ortishiga xizmat qilmoqda.

Shu o`rinda joriy yilning 9-11 oktyabr kunlari Qirg`iziston Respublikasining Batken shahrida qo`shni davlatlar o`rtasidagi aloqalarni sport orqali ham yanada mustahkamlash maqsadida ilk marta “Farg`ona vodiysi kubogi” bo`lib o`tadi. Unda Tojikistonning “Xo`jand”, Qirg`izistonning “Oloy” va Batken viloyati terma jamoasi, shuningdek, O`zbekistonning “Neftchi” klublari ishtirok etishadi. Uchrashuvlar Batken shahridagi “Markaziy” stadionda bo`lib o`tadi. Musobaqada asosiy jamoalar bilan birgalikda shuningdek, ushbu klublarning 12 yoshgacha bo`lgan tarbiyalanuvchilari ham o`zaro g`oliblik uchun kurash olib borishadi. 

Ta`kidlash joiz, kelasi yillardan an`anaviy tarzda o`tkaziluvchi mazkur musobaqada yanada ko`proq ishtirokchilar qatnashishi ko`zda tutilmoqda.  

mib
cola
apex
bmb