“Futbol do`stlik uchun” loyihasi doirasida milliy assotsiatsiya delegatlari o`rtasida futbol uchrashuvi bo`lib o`tdi

Xalqaro futbol federatsiyasi – FIFA Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Futbol do`stlik uchun” ijtimoiy loyihasining 6 mavsumiga start berilgani va 9 iyun kuni Moskvadagi “Spartak” klubi akademiyasi maydonida mazkur loyihaning ochilish marosimi bo`lib o`tgani haqida xabar berilgandi.

Bu yil “Futbol do`stlik uchun” loyihasida dunyoning 211ta mamlakatidan tashrif buyurgan 1500 nafarga yaqin bolalar, milliy assotsiatsiya delegatlari va jurnalistlar ishtirok etishmoqda.

O`zbekistondan mazkur loyihada yosh darvozabon Muslim Abdumannopov va yosh jurnalist Mardon Marupov ishtirok etyapti. Loyihaning final bosqichi ertaga start oladi va unda jamoalar bosh sovrin uchun kurash olib borishadi. Bugun, barcha ishtirokchilar so`nggi mashg`ulotlarni o`tadilar.

Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida “Futbol do`stlik uchun” ijtimoiy dasturining milliy assotsiatsiyalar vakillari o`rtasida o`rtoqlik o`yinlari bo`lib o`tdi. O`zbekiston vakillari Armaniston, Qirg`iziston, Qozog`iston, Ukraina delegatlaridan tashkil topgan jamoada Ekvatorial Gvineya, AQSh, Gana, Togo, Argentina va Kolumbiya vakillariga qarshi bahs olib borishdi. Unda do`stlik g`alaba qozondi.

Bundan tashqari, kechga yaqin rasmiy delegatsiya a`zolari ishtirokida katta matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Har bir mintaqa vakili “Futbol do`stlik uchun” loyihasining asosiy qatriyatlari haqida to`xtaldi, delegatlar o`zaro milliy sovg`alarni almashdi.

Mazkur loyihaning asosiy maqsadi – butun dunyodagi yosh avlod o`rtasida do`stlik, tinchlik, turli millat va madaniyat vakillariga hurmat kabi yuksak insoniy tushunchalarni targ`ib qilishdan iborat.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi mazkur loyihada ikkinchi marta ishtirok etyapti. O`tgan yili “Futbol do`stlik uchun” loyihasida yurtimiz sharafini “Lokomotiv” Toshkent vakili Ilyos Ahmedov (darvozabon) va yosh jurnalist Amir Sharipov himoya qilgandi.

mib
cola
apex
bmb