“Neftchi” bugun Qirg`izistonning "Neftchi" jamoasi mehmoni bo`ladi

Xabaringiz bor, ikki qo`shni mamlakatlar o`rtasidagi munosabatlarni yanada yaxshilash, sport sohasida ham hamkorlik va tajriba almashishni yo`lga qo`yish maqsadida O`zbekiston va Qirg`iziston futbol ligalari har ikki mamlakatning "Neftchi" jamoalari o`rtasida o`rtoqlik o`yini o`tkazishga kelishib olgan edi. 

Bugun Qirg`izistonning Jalolobod shahrida joylashgan "Qurmanbek" stadionida Qo`chqorotaning “Neftchi” klubi Farg`onaning “Neftchi” jamoasini qabul qiladi. Erta tongdan qo`shni mamlakatga yo`l olgan farg`onaliklar tushdan so`ng Jalolobodga etib borishdi. Ularni qo`shni mamlakat chegarasida Qo`chqorotaning “Neftchi” klubi vakillari kutib olishdi. 

Uchrashuv bizning vaqtimiz bilan soat 17:00da start oladi. O`yinni Qirg`izistonning eng nomdor hakamlar guruhi boshqarib boradi. O`yin bosh hakami – Dmitriy Mashentsev. 

 

O`rtoqlik o`yini

"Neftchi" (Qo`chqor-ota, Qirg`iziston) – "Neftchi" (Farg`ona, O`zbekiston)

Nazoratchi: Muxtor Qo`shoqov 

Bosh hakam: Dmitriy Mashentsev

Qanot hakamlari: Ismoil Tolipjonov,  Bahodir Qo`chqorov.

 

Zaxira hakami: Erlan Norboev

mib
cola
apex
bmb