Real Madrid Foundation Clinic dasturining ochilish marosimi bo`lib o`tdi

Xabaringiz bor, O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi va "Real Madrid" klubi akademiyasi o`rtasidagi kelishuvga asosan yurtimizda Real Madrid Foundation Clinic dasturini ishga tushirish bo`yicha dastlabki harakatlar boshlab yuborilgan.

Bugun poytaxtimizdagi muxtasham “Bunyodkor” stadionida Real Madrid Foundation Clinic dasturining ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Unda Milliy olimpiya qo`mitasi prezidenti va O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov, “Real Madrid” klubining ayni paytda yurtimizda bo`lib turgan 3 nafar murabbiyi — Karlos Albert, Manuel Aguado Xil va Ektor Visente, qolaversa, ko`plab klublarning yosh tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi.

Ispan klubi mutaxassislari yurtimizda futbolga bo`lgan qiziqish katta ekanini alohida e`tirof etib, hali O`zbekistondan ham kelajakda mashxur futbol yulduzlari etishib chiqishiga ishonishlarini ta`kidlab o`tishdi.

mib
cola
apex
bmb