Jahon chempionlari munosib kutib olindi

 

Rossiya poytaxti Moskva shahri mezbonligida o`tgan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o`rtasidagi Jahon chempionatida   bosh sovrinni qo`lga kiritgan yosh futbolchilarimiz Toshkentga qaytib keldi.

Bir necha daqiqa oldin g`oliblarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O`zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi, O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari, chempion yigitlarimizning murabbiy va tarbiyachilari, ommaaviy axborot vositalari xodimlari, keng jamoatchilik tomonidan tantanali kutib olindi.

 

 

Eslatib o`tamiz, vakillarimiz Jahon chempionatida Pokiston (0:0, guruh),  Rossiya (2:0, guruh), Nepal (2:1, chorak final), Burundi (1:0, yarim final) terma jamoalari bilan kuch sinashib, mag`lubiyatsiz hal qiluvchi bahsga etib kelishdi. Final uchrashuvida o`zbekistonlik qora ko`zlar ikkinchi bor pokistonlik raqiblari  bilan to`qnash keldi. Uchrashuvning asosiy vaqtida durang (1:1) natija qayd etilgach,  penaltiga murojaat etildi. “Lotoreya” bahsida omad hamyurtlarimizga kulib boqdi. Qayd etish kerak, Pokiston terma jamoasi Jahon chempionatining amaldagi g`olibi hisoblanardi.

 

 

mib
cola
apex
bmb