OChL-2018: “Lokomotiv” safarda “Al Vahda”ni yirik hisobda mag`lub etdi

 

Toshkentning "Lokomotiv" klubi OChL guruh bosqichi 5-turida safarda BAAning "Al Vahda" klubiga qarshi maydonga tushdi va yirik 4:1 hisobida g`alaba qozondi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida ustunlikka erishgan "Lokomotiv" 4-daqiqadayoq raqib darvozasiga gol urdi. Uchrashuvning qolgan daqiqalari ham "Lokomotiv" ustunligida kechdi va temiryo`lchilar yakunda yirik hisobda g`alaba qozondi.

Ta`kidlash lozim, "Lokomotiv" klubi ushbu g`alabadan so`ng ochkolarini 6taga etkazdi va keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatini saqlab turibdi. Temiryo`lchilar so`nggi turda o`z maydonida Eronning "Zobahan" klubini qabul qiladi va ushbu uchrashuvda g`alaba qozona olsa, pley-offga yo`llanma oladi.

OChL

"B" guruhi, 5-tur
"Al Vahda" (BAA) - "Lokomotiv" (O`zbekiston) - 1:4

Gollar: H. Ibrohim - Sardor Mirzaev 4, 39, Sanjar Shoahmedov 55, Ahmed Rashid (avtogol) - Holib Ibrohim 89,

"Al Vahda": 1.Muhammad Al Shamsi, 37.Ahmed Rashid, 2.Muhammad Al Menhali, 23.Rim Chang-Vu, 19.Holid Al Danhani, 8.Hamdan Al Kamali, 15.Nosir Abdulxodi, 10.Ismoil Matar, 9.Murod Batna, 11.Sebastyan Tagliabu, 42.Muhammad Al Akbari.

"Lokomotiv": 1.Ignatiy Nesterov, 28.Shuhrat Muhammadiev, 5.Kaxi Maxaradze, 88.Igor Yelich, 20.Islom To`xtaxo`jaev, 7.Sadriddin Abdullaev, 9.Ikrom Aliboev, 22.Sanjar Shoahmedov, 15.Sardor Mirzaev, 10.Marat Bikmaev, 6.Nivaldo.

 

mib
cola
apex
bmb