OChL: “Lokomotiv” nafaqat yutuqni, hatto durangni ham boy berdi

 

 

Osiyo Chempionlar ligasi to`rtinchi turida Qatarning “Al Duhayl” jamoasini o`z maydonida qabul qilgan “Lokomotiv” kutilmaganda mag`lubiyatga uchradi.

 

O`yin garchi teng kurashlar ostida o`tgan bo`lsa-da, har ikkala jamoa tomonidan g`alabaga bo`lgan ishtiyoqni kuzatish qiyin kechdi. Har ikkala jamoa ham yaratilgan xavfli vaziyatlarni golga aylantirishda ko`p xatoliklarga yo`l qo`yishdi. “Al Duhayl”ning xatoliklariga ko`p xollarda Ignatiy Nesterov sababchi bo`ldi – bir necha bor muqarrar gollarni qaytarishga erishdi, mezbonlarning vaziyatlarida esa aniqlik etishmadi. Sardor Rashidovning golidan keyin yutuqni saqlab qolish mumkin bo`lgan holatda, avvaliga raqiblariga penalti “sovg`a” qilindi, keyingi, uchrashuvning qo`shimcha vaqtida kiritilgan golda esa butun jamoaning xatosi ko`zga tashlandi.    

“Lokomotiv” guruhdan chiqish imkoniyatini pasaytirib yubordi.

 

“Lokomotiv” (O`zbekiston) – “Al Duhail” (Qatar) - 1:2

OChL. 4-tur. Toshkent.  “Lokomotiv” stadioni.

Hakamlar: Kimura Xiroyuki, Ochi Shinji,  Nishixashi Isao (barchasi Yaponiyadan).

"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Oleg Zoteev, Kaxi Maxaradze, Shuhrat Muhammadiev (Salim Mustafoev, 88), Islom To`xtaxo`jaev, Sanjar Shoahmedov (Diyor Turopov, 79), Sadriddin Abdullaev, Ikromjon Aliboev, Marat Bikmaev, Sardor Rashidov (Nivaldo, 66), Sardor Mirzaev.

"Al Duhail": Nosir Al Yazidi, Lukas Mendes, Bassam Husham (Ismoil Muhammad, 45), Sulton Al Brak, Muhammad Muso (Murod Naji, 68), Yusuf Msakni, Karim Budiaf, Dami Traore, Nam Tay Xi, Luis Junior (Ali Moez, 82), Yusuf Al Arabi.

Gollar: S.Rashidov (35) - Al Arabi (89-penaltidan, 90+3)

Ogohlantirishlar: K.Maxaradze (73), O.Zoteev (90) - Musa (22).

Komissar -  Dong Jing (Xitoy).

 

Nazoratchi - Kadhum Auda Lazim al-Saidi (Iroq).

mib
cola
apex
bmb