OChL: «Lokomotiv» Dohada mag`lubiyatga uchradi

 

 

 

O`yin garchi deyarli teng kurashlar ostida kechsa-da, birinchi bo`limning 25-daqiqasigacha “temiryo`lchilar” o`z darvozalaridan uchta to`p o`tkazib yubordilar.

Ikkinchi bo`limda esa “Lokomotiv” ham mag`lubiyatning chorasi sifatida raqib darvozasi tomon ketma-ket hujum uyushtirdi. Bu esa o`z samarasini berdi. Sardor Mirzaev o`rniga maydonga tushgan Nivaldo darvozabon bilan birga-bir chiqan holda darvoza to`rini nishonga ola bildi. Oradan ikki daqiqa o`tar-o`tmas Marat Bikmaev darvozabonni oldinga chiqib ketganidan foydalanib, to`pni uning ustidan oshirib tashlagan holda ikkinchi to`pga mualliflik qildi. Shundan keyin ham “Lokomotiv” a`zolarida bir necha bor gol urish imkoniyatlari tug`ildi, biroq ularning aksariyatida aniqlik etishmadi. Shu tariqa “temiryo`lchilar” safardan ochkosiz qaytishga majbur bo`lishdi. 

 

 

OChL-2018. Guruh bosqichi.

“Al Duhail” (Qatar) – “Lokomotiv” - 3:2

6 mart.  Doha.  “Abdulloh bin Halifa” stadioni

Hakamlar: Kristofer Jeyms Bit, Eshli Uarvik Ichem,a Anton Shchetinin (uchalasi ham Avstraliyadan).

To`rtinchi hakam: Timur Fayzullin (Qirg`iziston)

 

"Al Duhail": Amin Lekomt, Murod Naji, Lukas Mendes, Sulton Al Brake, Muhammad Musa, Yusuf Msakni, Nam Te Xi, Luiz Junior, Karim Budiaf (B. Alravi, 72) , Almuaz Ali (I. Muhammad, 69), Yusuf El Arabi.

"Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Sanjar Shoahmedov, Oleg Zoteev, Shuhrat Muhammadiev, Islom To`xtaxo`jaev, Sadriddin Abdullaev (Diyorjon Turopov, 57), Sardor Rashidov (Husniddin G`ofurov, 80),  Sardor Mirzaev (Nivaldo, 56), Kaxi Maxaradze, Ikrom Aliboev, Marat Bikmaev.

 

Gollar: Yusuf El Arabi (9, 19), Yusuf Msakni (24) - Nivald (58), Marat Bikmaev (59).

Ogohlantirishlar: M.Bikmaev (41), D.Turopov (89).

Hakamlar nazoratchisi -  Komalesvaran Sankar (Hindiston).

 

Komissar -  Tun Tun Aung (Myanma).

mib
cola
apex
bmb