O`zbekiston “Futbol do`stlik uchun” loyihasida ikkinchi bor ishtirok etadi

FIFA va futbol bo`yicha 2018 yilgi Jahon chempionatining rasmiy hamkori bo`lgan “Gazprom” kompaniyasi “Futbol do`stlik uchun” xalqaro bolalar loyihasining oltinchi mavsumi start olganini e`lon qildi.

Loyihaning asosiy maqsadi butun dunyodagi yosh avlod o`rtasida do`stlik, tinchlik, turli millat va madaniyat vakillariga hurmat kabi yuksak insoniy tushunchalarni targ`ib qilishdan iborat. 2018 yilda “Futbol do`stlik uchun” loyihasida 211ta mamlakat vakillari ishtirok etishadi. Mavsumning yakuni tadbirlari 8 iyundan 15 iyunga qadar Moskva shahrida bo`lib o`tadi.
Ochiq qur`a marosimida terma jamoalarning mamlakatlar bo`yicha tarkibi, shuningdek, ishtirokchi mamlakatlarning vakillari uchun o`yin pozitsiyalari aniqlandi. Bitta jamoada har xil millat, har xil jinsdagi va har xil jismoniy imkoniyatga ega sportchilar qatnashadi. O`yinchilar yoshi – 12 yosh. Jamoalarni turli mamlakatlardan kelgan 14-16 yoshdagi murabbiylar shug`ullantiradi. Tadbirlarni butun dunyodagi 5000 dan ortiq OAV yoritib boradi.

Shuningdek, “Futbol do`stlik uchun” loyihasining Xalqaro Bolalar matbuot markazida 211ta davlatdan kelgan 12 yoshli jurnalistlar musobaqalar haqida xabarlar tayyorlab borishadi. Qur`aga ko`ra bu yil O`zbekistondan yana darvozabon mazkur loyihada ishtirok etadigan bo`ldi. Nomzodlar O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasi tomonidan tanlab olinadi.

“Futbol do`stlik uchun” loyihasining final bosqichi doirasida bu yil Moskvada quyidagi tadbirlar tashkil etiladi: Xalqaro do`stlik lageri, Turli millat va turli jins vakillari bo`lgan yosh sportchilar o`rtasidagi do`stlik uchun futbol bo`yicha 1-Jahon chempionati, Jahon va Rossiya futboli yulduzlari ishtirokida Xalqaro Bolalar futbol forumi.

“Futbol do`stlik uchun” loyihasining 6-mavsumi rasman ochiq. Bu yil loyihada 211ta mamlakat vakillari ishtirok etadi! Tarixda birinchi marta maydonda dunyoning turli nuqtalaridan tashrif buyurgan yosh futbolchilar o`zaro ro`baro` bo`lishadi. Bu holat ishtirokchilar o`rtasida o`zaro hurmat va tenglik tamoyillarini rivojlanishiga yordam beradi. “Futbol do`stlik uchun” loyihasining asosiy maqsadi shu”, – deydi “Gazprom” OAJ Direktorlar Kengashi raisi Viktor Zubkov.

“Biz FIFAning rasmiy hamkori bo`lgan “Gazprom” kompaniyasining ajoyib tashabbusini qo`llab-quvvatlayotganimizdan xursandmiz, - deydi FIFA bosh kotibi Fatma Samura. – Mazkur forum turli mamlakatlardan kelgan o`g`il bolalar va qiz bolalar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. FIFA bunday loyihalarni hamisha qo`llab-quvvatlab keladi”.

“Bu kabi loyihalarda ishtirok etish orqali yangi do`stlar orttirish imkoni bor. Bu esa hamisha yoqimli. Barchangiz bilan Moskvada ko`rishamiz deb umid qilib qolaman. Hammaga omad!” – deydi Marko van Basten. 
Eslatib o`tamiz, o`tgan yil “Futbol do`stlik uchun” loyihasida O`zbekistondan “Lokomotiv” Toshkent vakili Ilyos Ahmedov (darvozabon) va yosh jurnalist Amir Sharipov ishtirok etgandi.

mib
cola
apex
bmb