OChL: “Nasaf” “Al Vasl”ni mag`lubiyatga uchratdi

 

Qarshida “Nasaf” OChL doirasida BAAning “Al Vasl” klubiga qarshi o`ynadi va 1:0 hisobida muhim g`alabani qo`lga kiritdi.

Birinchi bo`lim aslida to`p nazorati bo`yicha mezbonlarning ustunligida o`tdi. Mehmonlarning Toxirining chamasi 30 metrlardan tepgan to`pini Sanjar Quvvatov qiyinchilik bilan qaytarib qolganini inobatga olmaganda, boshqa esda qolarli vaziyatlari bo`lmadi. Aksincha, maydon egalari bir necha bor hisobni ochish imkoniyatiga ega bo`ldilar. Ayniqsa, bo`limning so`nggi daqiqalarida vaziyatlar ketma-ket sodir bo`laverdi. Hisobni ochish esa baribir nasib etmadi.

Ikkinchi bo`limda ham maydon egalarining ustunligi sezilib turdi. Jasur Hasanovning burchakdan oshirib bergan to`pini Igor Golban boshi bilan urib, darvoza to`riga tushirgandan keyin mehmonlar o`yinida asabiylashish ko`zga tashlandi. Bir necha bor to`qnashuvlar, tortishuvlar ham bo`ldi. Yakunda Ro`ziqul Berdiev shogirdlari baribir g`alabani saqlab qoldilar.

“Nasaf” – “Al Vasl” (BAA) – 1:0

OChL-2018. “S” guruhi, 2-tur.

Hakamlar: Jillet Jared, Bichem Eshli, Rayan Gallaxer (barchasi Avstraliyadan).

“Nasaf”: Sanjar Quvvatov, Odiljon Hamrobekov, Igor Golban, Saydullo Rahmatov, Slavko Lukich, Umarbek Eshmurodov, Azizjon G`aniev, Islom Kenjaboev (Islom Rashidxonov, 55), Dragan Cheran, Jasur Hasanov (Doniyor Narzullaev, 83), Bobur Abduxoliqov (Sanjar Rashidov, 90+4).

 “Al Vasl”: Sulton Abdullo Almentari, Abdulla Solix Alnaqbi, Abdulla Jassam Hamis, Salim Juma Alazizi, Ali Hasan Salman (Xalil Hamis, 65), Antoni Kaseris, Abdulla Ali Alnaibi, Kayo Kanedo (Humaid Abbos Abdulla, 24), Ronaldo Sezar De Mediros, Hasan Muhammad Toxiri (Ali Solih Amro, 46), Hazza Salim.

Gol: I.Golban (54).

Ogohlantirishlar: S.Rahmatov (18), U.Eshmurodov (64), I.Rashidxonov (90+4) -  Ali Salmon (18), Abdulla Alnaqbi (64), Humaid Abbos (70).

Nazoratchi - Rustam Yusuf Mirzo (Saudiya Arabistoni).

Komissar - Erik Vu (Avstraliya).

 

 

mib
cola
apex
bmb