“Neftchi” — “Paxtakor” o‘yini Yaypan shahrida o‘tkaziladi

Coca-cola Superliga 15-turidan o‘rin olgan “Neftchi” — “Paxtkor” o‘yini 12-avgust kuni Yaypan shahrida bo‘lib o‘tadi. 

Avvalroq mazkur bellashuvga katta tanaffusdan keyin Farg‘onadagi “Istiqlol” arenasi mezbonlik qilishi ma’lum qilingandi. Bugun — 8-avgust tongida O‘zPFL komissiyasi “Istiqlol” stadioniga qayta tashrif buyurdi hamda stadionni o‘yin oldidan o‘rganib chiqdi. Bungacha komissiya 22-iyul kuni “Istiqlol”da bo‘lgan hamda qilinishi shart bo‘lgan ishlar yuzasidan axborot kiritgandi. O‘rganishlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, talab darajasidagi ba’zi masalalarda kechikish mavjud. Shuningdek, maydon bo‘yicha mutaxassislar fikriga ko‘ra, maysa o‘nglab olinishi uchun ham yana biroz vaqt kerak. 

Mazkur holatlarni inobatga olib, O‘zPFL tavakkal qilmagan holda kechroq bo‘lsa-da uchrashuvni Yaypan shahriga ko‘chirdi. O‘zPFL mutaxassislari Toshkentga qaytgach, “Istiqlol” stadioni bo‘yicha qayta talab kiritiladi. Bunda VAR texnologiyasi uchun “Istiqlol” stadioniga tegishli tashkilotdan ruxsat olish hamda stadiondagi texnik holat maromida ishlashi uchun internet tizimini talab qilingan ko‘rsatkichga keltirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni holatda kiyim almashtirish xonalari, hakamlar xonasi, komissar xonasi va unga tutash hududlar bo‘yicha masalalar hal etib ulgurilgan.

mib
cola
apex
bmb