Coca-Cola Superliga. “So‘g‘diyona” chempionni mag‘lub etdi

Coca-Cola Superliganing 23-tur o‘yinlari davom ettirildi. Chempionlikni muddatidan avval hal etib ulgurgan “Paxtakor” Jizzaxga safar uyushtirdi. Teng kurashlar  ostida o‘tgan o‘yinda Shahboz Jo‘rabekovning 53-daqiqada kiritgan goli uchrashuv taqdirini hal etdi. “So‘g‘diyona” mazkur g‘alabasi bilan uch kunlik oraliqdan so‘ng AGMKdan ikkinchi pog‘onasini “tortib oldi”. Har ikkala jamoa ayni paytda 43 ochkodan jamg‘argan, to‘plar nisbatiga ko‘ra jizzaxliklar yuqori o‘rinni egallab turibdi. Ertaga o‘tadigan “Andijon” va “Nasaf” uchrashuvidan so‘ng 23-turga yakun yasaladi.  

 

Coca-Cola Superliga. 23-tur

24 oktyabr, yakshanba

 

 

SO‘G‘DIYoNA – PAXTAKOR - 1:0 (0:0)

Jizzax. "So‘g‘diyona" stadioni. 4503 tomoshabin.

Hakamlar: Vadim Agishev, Olimjon Abduvosilov, Aleksandr Sidorov, Ravshan Abduvohidov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Bekzod Aripov

Gol: Shahboz Jo‘rabekov, 53 (1:0)

"So‘g‘diyona": Milan Mitrovich, Elyor Orifov, Ayubhon No‘’monov, Iskandar Shoyqulov (Darko Stanoevich, 70), Jamshid Boltaboev, Shohruz Norxonov (Sahob Rashidov, 88), Jasur Hasanov (Ergash Ismoilov, 88), Shahboz Jo‘rabekov, Javohir Qahramonov (Bahodir Nasimov, 76), Luka Chermel, Marko Kolakovich

"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Azizbek Turg‘unboev (Muhammadali O‘rinboev, 87), Boyan Matich, Humoyunmirzo Iminov (Sherzod Temirov, 77), Marlen Chobanov, Dostonbek Hamdamov (Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 87), Abrorbek Ismoilov, Sherzod A’zamov (Sharof Muhiddinov, 17), Sardor Sobirxo‘jaev, Farruh Sayfiev, Shahzod Azmiddinov

Ogohlantirishlar: Ayubxon No‘’monov, 9, Shohruz Norxonov, 11,Ulug‘bek Baqoev, 11 (bosh murabbiy) -  Abrorbek Ismoilov, 38, Shaxzod Azmiddinov, 45+1, Eldorbek Suyunov, 51,  Marlen Chobanov, 52, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 90+3

Chetlatish: Marlen Chobanov, 90+2 (ikkinchi sariq).

mib
cola
apex
bmb